Mirjalol Qosimov Sato Minori va Dilshod Jo'raevni o'zaro taqqosladi
07 iyu 2014 22:10
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov Sato Minori va Dilshod Jo'raevni o'zaro taqqosladi
Bugun “Sport” telekanali orqali efirga uzatilgan “Furbol sharhi” ko'rsatuvida terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
Ko'rsatuv boshlovchisi va muallifi Zafar Imomxo'jaevning “Bunyodkor”dagi yaponiyalik legioner Sato Minori o'zimizning Dilshod Jo'raevdan nimasi bilan ustun?” degan savoliga Mirjalol Qo'shoqovich quyidagicha javob qaytardi.
“Avvalo ular ikki xil toifadagi o'yinchilar, - deya aytib o'tdi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi. - Dilshod ko'proq tayanch yarim himoyasida harakat qilsa, Sato sal oldinroqda to'p suradi va asosan hujumlarni tashkil qilishda yordam beradi. Ularning maydondagi vazifasi bir xil emas”.
To'g'risi, shaxsan menga bu savol yoqdi. SHu bois javobni diqqat bilan eshitishga harakat qildim. Ammo Mirjalol Qosimov Satoning Dilshoddan qanday ustun tomonlari borligi va umuman bu o'yinchi o'zbek futboliga nimadir bera olishi haqida konkret gap aytmadi.
Eslatib o'tamiz, oliy liganing birinchi davrasi yakunlariga ko'ra, Sato Minori atigi to'rtta o'yinda maydonga tushdi. Dilshod Jo'raev esa 12 bellashuvda ishtirok etib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar