So’nggi yangiliklar

14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  1 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  1 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  3 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1 12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  1 11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  1 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  5 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  11 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  5 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  35 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  1 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2

Mirjalol Qosimov: "Iordaniyaga qarshi bahs Osiyo o'yinlaridan oldingi muhim sinov" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Iordaniyaga qarshi bahs Osiyo o'yinlaridan oldingi muhim sinov"

O'zbekiston - Iordaniya o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov hamda Fozil Musaev ishtirok etishdi.
"Avvalo barchani Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin. Ertangi bahs Osiyo o'yinlaridan oldingi so'nggi sinovlardan biri hisoblanadi. Bu uchrashuvning foydasi katta va musobaqada bizga as qotadi. Osiyo o'yinlarida 1994 yilgi muvaffaqiyatni takrorlash bosh vazifamiz hisoblanadi. Iordaniyaning Kolumbiyaga qarshi o'yinini ko'rdim. Tarkib deyarli o'zgarmagan. 4 nafar yosh futbolchini qo'shib olganini inobatga olmasa o'zgarish yo'q. Ertaga o'tgan yilgi alamli mag'lubiyat uchun kichik bo'lsa ham revansh olmoqchimiz", - deb gap boshladi Qosimov.

- Osiyo o'yinlariga 3 nafar 23 yoshdan katta bo'lgan futbolchini olib ketish mumkin. Bu futbolchilarni aniqlab oldingizmi?
- Islom To'xtaxo'jaev va Fozil Musaevning borishi aniq bo'lib ulgurdi. Iordaniyaga qarshi o'yindan so'ng Farhod Tojiev va Vohid SHodievdan birini tanlab olamiz. Avvaliga Server Jeparov va Aziz Haydarovni olib ketmoqchi edik. Ammo bu o'yinlar FIFA kuniga to'g'ri kelmaganligi sababli klublari ularni qo'yib yuborishmadi.

- "Paxtakor" 7 sentyabr kuni "Olmaliq"qa qarshi o'ynaydi. Bu terma jamoaga muammo tug'dirmaydimi?
- Yo'q bu borada muammo bo'lmaydi. "Paxtakor" azolari Iordaniyaga qarshi o'ynashadi, Yangi Zelandiyaga qarshi bahsda boshqa tarkib harakat qiladi.

- Ertangi o'yin Ozarbayjonga qarshi kechgan uchrashuvdan farq qiladimi?
- Ha boshqacha taktikada o'ynaymiz. Biz uchta hujumchi bilan o'ynashni mashq qilayapmiz.

- Iordaniya va Yangi Zelandiya bilan bahsni o'zbekistonlik hakamlar boshqarib borishadi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Milliy terma jamoalar o'ynayotgan vaqtda betaraf hakam o'yinni boshqarishi kerak. Bazan bizning safardagi o'yinlarda ham mezbonlar hakamlari ishlashadi. Gap so'z bo'lmasligi uchun ham betaraf hakam bo'lgani yaxshi.

- O'tgan yil Turkiya bilan o'rtoqlik o'yini qoldirilgan edi. SHaxsan siz ushbu o'yin bo'lishini istarmidingiz? (Turkiya OAV bergan savol)
- Albatta Evropa jamoalariga qarshi doim foydali. Bu ham murabbiy, ham futbolchilarga foyda. Aslida 7 sentyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynashimiz kerak edi. Ammo Osiyo Kubogida bir guruhdan o'rin olganimizdan so'ng bu reja bekor bo'ldi.

- Fozil Musaevga savol. SHu kungacha sizlar terma jamoada yosh futbolchi edinglar. Endi Osiyo o'yinlarida eng yoshi katta sifatida ketayapsizlar. Masliyatni qanchalik his qilayapsizlar?
- Bu oddiy musobaqa emas. Avvalgi safar biz ishtirok etgan Osiyo o'yinlarida chorak finalda mag'lub bo'lgandik. Endi o'sha xatoni to'g'rilashimiz kerak. Islom ham buni yaxshi tushunib turibdi. Xudo xohlasa barchasi yaxshi bo'ladi.

- Uchta futbolchini tanlab olish qanchalik qiyin bo'ldi?
- Avvaliga Jeparov va Haydarovni jalb qilmoqchi edik. Afsuski ularning klublari futbolchilarni uzoq muddatga qo'yib yuborishni istamadi. Ularning qatorida Fozil ham bor edi, mana u biz bilan ketayapti.

- Ushbu jamoada kimlarni etakchi deb ayta olasiz?
- Islom va Fozil yoshlarga o'rnak bo'la olishadi. Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozakning ham foydasi tegishiga ishonaman

- Ribkin Osiyo o'yinlarida ikkinchi darvozabon bo'lishi aniq bo'ldimi?
- Ha Nikita Ribkin biz bilan Osiyo o'yinlariga boradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика