So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Mirjalol Qosimov: "Incheonga boradigan tarkib 70-80 foizga aniq" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Incheonga boradigan tarkib 70-80 foizga aniq"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov kecha Ozarbayjonga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini elon qilgandi.
Aynan mana shu tarkib Osiyo o'yinlariga yo'l oladigan futbolchilardan iborat ekani oydinlashdi. Ro'yxatdan 23 nafar futbolchi o'rin olgan. 16-18 avgust kungi Toshkentdagi qisqa yig'indan so'ng ularning 20 nafari Boku shahriga uchib ketadi. Biz terma jamoa bosh murabbiyidan qisqacha intervyu oldik.

- Mirjalol aka, tarkibga uch nafar yoshi katta futbolchilar ham kiritilibdi. Osiyo O'yinlarida ham uch nafar yoshi katta futbolchilar o'ynashi mumkin. Siz tanlagan aynan mana shu uch futbolchi  Ivan Nagaev, Islom To'xtaxo'jaev va Fozil Musaev Incheonga borishadimi?
- Bu borada hali bir to'xtamga kelmadik. Oldinda oliy liganing tur o'yinlari bor. Lekin katta ehtimol bilan Bokuga siz aytgan futbolchilarni olib ketamiz. Toshkentdagi qisqa muddatli yig'in davomida 23 futbolchi ishtirok etadi. Ulardan 20 nafarini Bokuga olib ketamiz. Delegaciya tarkibidan 18 nafar o'yinchi va ikki darvozabon joy oladi.

- Bokuga yo'l olayotgan tarkibni Osiyo O'yinlariga boradigan futbolchilar sifatida qabul qilishimiz mumkinmi?
- Tarkib deyarli 70-80 foizga hal bo'lgan. Aytib o'tganimdek, oldinda oliy liga o'yinlari bor. SHundan so'ng yakuniy tarkibni aniqlab olaman.

- Akbar Ismatullaev tarkibga kiritilmabdi. Buni qanday izohlaysiz?
- Tayanch himoya chizig'ida futbolchilarimiz etarli. Bokuga bitta o'yin uchun boryapmiz. SHuning uchun, ko'p futbolchini olib borolmaymiz. "Paxtakor" jamoasidan 6 nafar futbolchi terma jamoa yig'iniga chaqirildi. Bu safar Fozil Musaev, Azim Ahmedov va Dilshod Jo'raevni sinab ko'raman.  

Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 20 avgust kuni Bokudagi "Bakcell Arena" stadionida bo'lib o'tadi. Tomonlar kelishuvga ko'ra bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика