Mirjalol Qosimov: "Ertaga qo'shaloq bayram bo'lishini istayman"
14 okt 2013 12:18
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ertaga qo'shaloq bayram bo'lishini istayman"
Bugun, 14 oktyabr kuni OK-2015 saralashi, 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Vetnam milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda dastlab O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va hujumchici Aleksandr Geynrix ishtirok etishdi.
“Avvalambor barchangizni hayit ayomi bilan tabriklayman. Guruhda ikkita o'yindan keyin ochkolarimiz juda kam. Ertaga Vetnamni mag'lub etishimiz shart. Raqib jamoani o'rganib chiqdik. Raqiblarimiz Qatarda ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib keldi. Jamoa xavfli vaziyatlarni yarata oladi. Gongkong bilan o'yinning oxirgi daqiqalarida gol o'tkazib yuborishdi. Biz Vetnamdan kuchlimiz, shu sababli maydonga chiqib g'alaba qozonishimiz kerak”, - deb gap boshladi Qosimov.
“Haqiqatdan ham ochkolarimiz kam va biz g'alaba qozonib qita chempionatiga chiqish imkoniyatimizni oshirishimiz kerak. Qolaversa o'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz”, - deydi Geynrix.
- Iordaniya bilan o'yindan so'ng istefo berdingiz ammo rahbariyat buni qabul qilmadi. Ayni paytda ishtiyoqingiz qay darajada?
- Ikki marotaba Mirabror Usmonov bilan uchrashdim va ishlashda davom etyapman. Ishtiyoq yaxshi. Ertaga qo'shaloq bayram bo'lishini istayman.
- O'rtoqlik uchrashuvi bo'lmaganligi pand bermaydimi?
- Suriya bilan og'zaki kelishuvga erishgan edik. Lekin ular ham rad javobini berishdi. Albatta o'yin bo'lgani yaxshi. Bu orqali futbolchilar o'rtasida bog'liqlik o'rnata olamiz.
- Vetnam safarda Qatarni yutdi. Aynan qaysi chiziqlarida ustunlikni ko'ryapsiz?
- Futbol shunisi bilan qiziq. Men yigitlarga raqibni xurmat qilish lozimligini tushuntirayapman. Menimcha Qatar raqibni mensimadi, shu bois imkoniyatni boy berib qo'ydi. 19 raqamdagi o'yinchisi (Fam Tan Leong) yaxshi harakat qiladi. Ertaga rasmiy o'yin va buni futbolchilar tushunib turishibdi.
- Savol Aleksandr Geynrixga. Iordaniya bilan o'yindan keyin faqatgina bosh murabbiy uzr so'radi. Futbolchilar esa yo'q. Yoki g'ururinglar yo'l qo'ymadimi?
Aleksandr Geynrix: - O'sha kuni men jamoadoshlarimga telefon qildim, ammo telefonlari o'chiq edi. SHu fursatdan foydalanib hozir jamoadoshlarim nomidan uzr so'rayman.
- Bu safargi o'yinga Ulug'bek Baqoev, Oleg Zoteev va Odil Ahmedov chaqirilmadi...
- Bu safar Fozil Musaev va Aziz Haydarovni chaqirdik. Odilni Rossiyadan kelib zaxirada o'tirishidan naf yo'q. Futbolchilarni almashtirib turishni maqul ko'rdik.
- Odil Ahmedov haqida ikki safardan beri javob beryapsiz. Bu fubolchi zaxirada o'tirib qoladigan saviyadami?
- Bu safar Haydarov va Musaevni sinab ko'rmoqchiman. Bundan Odil xafa bo'lib qolishi mumkin.

Fikrlar