So’nggi yangiliklar

23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  3 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  1 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  6 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  6 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  3 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0

Mirjalol Qosimov: “Endi bor etiborimni terma jamoaga qarataman” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Endi bor etiborimni terma jamoaga qarataman”

O'tgan haftaning juma kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor”dagi majburiyatidan halos bo'lgani va endi bor etiborini mamlakat bosh jamoasiga qaratishi haqidagi xabar elon qilindi.
Aslida, bu haqdagi gap-so'zlar ancha oldin urchigandi va faqat rasman o'z tasdig'ini topmayotgan edi. Malumki, milliy terma jamoamiz kelasi yilning yanvar oyida Osiyo Kubogi-2015da ishtirok etadi. Tabiiyki, endi bor etibor qita chempionatiga tayyorgarlikka qaratiladi. Oldinda o'rtoqlik uchrashuvlari bor. Mirjalol Qo'shoqovich shu o'yinlar orqali jamoani Osiyo Kubogiga tayyorlab boradi. Bundan tashqari, Qosimov shu yil sentyabr oyida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga ham terma jamoamizni olib boradi. Bu jamoa asosan 1991-1993 yillarda tug'ilgan futbolchilardan tarkib topgan bo'ladi. Albatta, bu yangilik ham ijobiy holat. Bu jamoadan ayrim o'yinchilar milliy terma jamoaga ham taklif etilishi mumkin. Haftaning muhim yangiligidan so'ng Mirjalol Qosimov bilan uchrashib, undan eksklyuziv intervyu oldik.

- O'zi aslida fevral oyining so'nggi kunlari faqat milliy terma jamoada ishlashim haqidagi xabar paydo bo'lgandi, - deya so'z boshladi M.Qosimov. – Lekin bu jarayon tezlikda amalga oshmadi. Boisi, 5 mart kuni BAAga qarshi o'yin, ikki kun o'tib, “Lokomotiv” bilan superkubok uchrashuvi o'tkazildi. Keyin ketma-ket OCHL o'yinlari bo'lib o'tdi. SHu sabab bilan bu o'zgarish tabiiy ravishda biroz cho'zilib ketdi. Yaqinda Mirabror aka Usmonov bilan uchrashganimizdan so'ng bu masalani uzil-kesil hal qildik. Zimmamga sentyabr oyida o'tkaziladigan Osiyo o'yinlariga terma jamoamizni bosh murabbiy sifatida olib borish vazifasi ham yuklatildi. Bundan roppa-rosa 20 yil avval Xirosimada o'tgan 12-Osiyo o'yinlarida chempion bo'lgandik. Mana shu g'alaba haligacha yagonaligini saqlab kelyapti. SHuni inobatga olgan holda, jamoamiz oldiga Inchxonda munosib tarzda qatnashish va o'sha 20 yil avvalgi natijani takrorlash vazifasi qo'yilyapti. Hozir menda futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi bor. Asosan 1991-93 yillarda tug'ilgan o'yinchilar jam bo'lgan. SHuningdek, yana uch nafar yoshi katta futbolchini ham tarkibga qo'shish mumkin. Osiyo o'yinlari FIFA kunidan tashqari vaqtda o'tkaziladi. SHu bois, legionerlar xizmatidan foydalanish borasida muammolar yuzaga kelishi mumkin. 1994 yili o'zim Vladikavkazning “Alaniya”sida o'ynardim, lekin o'shanda terma jamoa ixtiyoriga qo'yib yuborishgandi. Ko'ramiz, legionerlarga ruxsat tegmagan taqdirda, oliy ligada o'ynayotgan 23 yoshdan katta uch nafar futbolchini tarkibga qo'shamiz. Xullas, shu ikkita terma jamoani boshqarishim malum bo'lganidan keyin “Bunyodkor” bilan xayrlashishga to'g'ri keldi. Fursatdan foydalanib, men bilan birga shuncha yil davomida ishlagan futbolchilar, klub rahbariyati va jamoaning barcha ishchi-hodimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Sizning ixtiyoringizda yana ikkita jamoa qolyapti. Osiyo o'yinlari sentyabr oyida o'tkaziladi. Aynan sentyabrning birinchi o'n kunligida milliy terma jamoamiz Toshkentda 2 ta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Mana shu ikki musobaqaga tayyorgarlik ko'rish nuqtai nazaridan muammolarga duch kelmaysizmi?

- O'ziga yarasha muammolar yuzaga kelishi mumkin. SHularni inobatga olgan holda, iyul va avgust oylarida ham bir nechta o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Bu ikki oyda FIFA kuni yo'q. O'z-o'zidan legionerlar xizmatidan foydalana olmaymiz. SHu sababli o'sha oyda tashkil etiladigan o'yinlarda aralash tarkib bilan o'ynaymiz. O'zi hozirgi milliy terma jamoa tarkibida ham 1991-93 yillarda tavallud topgan futbolchilar bor. Keyin 3 sentyabr kuni Toshkentda Iordaniya bilan o'yin belgilandi. Ayni paytda 7-9 sentyabr kunlarining biriga sparing-raqib izlanyapti. Iloji bo'lsa, 8 sentyabr kuniga mo'ljallayapmiz. CHunki, 10-kuni Koreyaga jo'nab ketiladi. 14 sentyabrdan esa, Inchxonda Osiyo o'yinlari boshlanadi. Qura tashlash marosimidan so'ng guruhdagi raqiblarga qarab, yana tayyorgarlik rejasini qayta ko'rib chiqamiz. Osiyo o'yinlari 4 oktyabrga qadar davom etadi. 6 oktyabrda Doxa shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi FIFA kunidan o'rin olgan o'rtoqlik uchrashuvimiz bor. Nasib qilsa, Koreyadan to'g'ri Qatarga uchamiz. Dohadan qaytishimizda, yo'l-yo'lakay 10 oktyabr kuni Dubayda Bahrayn terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinimiz rejalashtirilgan. SHuningdek, BAA milliy terma jamoasi bilan 14 oktyabr kuni o'zaro uchrashuv o'tkazamiz. Bahrayn va BAAga qarshi o'yinlar FIFA kunidan tashqarida o'tkaziladi. Darvoqe, 27 va 29 may kunlari Toshkentda Ummon terma jamoasiga qarshi 2 ta o'rtoqlik o'yinida ham maydonga tushamiz. FIFA kuni bo'lgani uchun legionerlarni ham bu o'yinlarga chaqirganmiz.

- O'rtoqlik o'yinlari arab jamoalari bilan belgilanibdi. Lekin Osiyo Kubogi-2015 qurasi bizga Xitoy va KXDR jamoalarini tuhfa etdi. SHuni inobatga olgan holda, o'yin uslubi bo'lajak raqiblarimiznikiga o'xshash SHarqiy Osiyo terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish maqsadga muvofiq bo'lmaydimi?

- Avgust oyiga Moldova va Ozarbayjon terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib borilyapti. Yaponiya futbol federaciyasi bilan muzokara olib borildi, lekin biz taklif qilgan kunlar ularning ish rejasiga to'g'ri kelmadi. Janubiy Koreya bilan chorak finalda to'qnash kelib qolishimiz mumkin. Tabiiyki, ular bilan istagan taqdirimizda ham o'ynay olmaymiz. Balki, siz aytgandek, SHarqiy Osiyo jamoalari bilan noyabr va dekabr oyidagi yig'inlarimizda nazorat uchrashuvlari o'tkazarmiz. CHunki, Osiyo Kubogi yanvar oyida bo'lib o'tadi. So'nggi yig'inlarimiz iqlimi Avstraliyaga mos davlatlarda o'tkaziladi.

- Bevosita qura tashlash marosimida ishtirok etib qaytdingiz. Terma jamoamiz joylashgan kvartetga qanday baho berasiz?

- Final bosqichiga etib kelgan terma jamoalar orasida yaqqol autsayderi yo'q. Hech kimning qo'liga Avstraliya chiptasi kurashsiz, shunchaki berilmagan. Elakdan o'tgan jamoalar final bosqichiga yo'llanma olishdi. Tilda hamma narsa oson. Amalda esa hamisha qiyin bo'lib kelgan. Bu oson guruh ekan, bunisi esa qiyin deyishning o'zi noto'g'ri. Birinchi galdagi vazifamiz guruh bosqichidan chiqib olish. Tabiiyki, 2011 yilgi ko'rsatkichimizdan past natijani qayd etmasligimiz kerak.

- Qatardagi Osiyo Kubogining chorak finalida Iordaniya bilan to'knash kelgan edik. Bu safar esa biroz o'zgacha vaziyat. CHorak finalga chiqsak, katta ehtimol bilan Avstraliya yoki Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushishimizga to'g'ri keladi. Quraning ayni shu jihati bizga omadsiz kelmadimikan?

- Balki, bu hammasi yaxshilikkadir. O'z oldimizga oliy maqsad qo'yganimizdan keyin raqib tanlamasligimiz kerak. Keyin tahminiy raqiblaringiz malum bo'lganidan keyin tayyorgarlik ham shunga yarasha kuchli bo'ladi. Munosabat ham boshqacha bo'lishi lozim.

- Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoada sizga kimlar yordam beradi? Murabbiylar shtabini aniqlab oldingizmi?

- Milliy terma jamoada bo'lgani kabi bu jamoada ham SHuhrat Maqsudov yordam beradi. Hozir yana bir murabbiyni shtabga qo'shish bo'yicha ish olib boryapmiz. Yaqin kunlarda murabbiylar shtabi to'liq ko'rinishda bo'ladi.  

- Klubdagi faoliyatingizni sarhisob qilib, qanday xulosalarga keldingiz?

- SHukrki, futbolchilik faoliyatim yakunlanganidan so'ng uzilish kuzatilmadi. Ishsiz qolib ketmadim, sevimli mashg'ulotim bilan band bo'ldim. Kasal paytlarimda ham shu yaxshi ko'rgan ishim menga dalda bo'lgan. Noliydigan narsa yo'q. “Mashal”dan keyin 6 yil davomida “Bunyodkor” jamoasida ishladim. Skolari, Ziko kabi dunyo tan olgan murabbiylar bilan birga ishlash nasib qildi. Klub oldiga har doim maksimal vazifalar qo'yildi. Bunday jamoada ishlash hammaga ham nasib etavermaydi. “Bunyodkor” etti mavsumdan beri OCHLda muntazam ishtirok etib kelyapti. SHundan oltitasida guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tgan. Bu yil ham vaziyat biz uchun ijobiy bo'lishi mumkin edi. “Al-Jaish”ga qarshi kechgan o'yinda hakam yuz foiz golimizni inobatga olmadi. To'p darvoza chizig'ini yarim metrga kesib o'tgandi. Yana bir vaziyatda raqib darvozasi tomon yaqqol penalti belgilanmadi. Mehmonlar o'yinchisi qo'lini baland ko'targan holda darvoza tomon tepilgan to'pni qaytarib qolgandi. Bitta epizod vaziyatni 360 gradusga o'zgartirib yuborishi mumkin. Amalda shunday ham bo'ldi. Hakamning noxolis qarorlari bo'lmaganida, balki vaziyat hozir umuman boshqacha tus olarmidi? Keyin bu yil biz ishonch bildirgan futbolchilarimiz o'zlarini oqlashmadi. Bu ham bir lotoreyadek gap. Sardor Sobirxo'jaev, Dilshod Jo'raev kabi yoshlarga hali vaqt kerak. Bu yosh o'yinchilarda stabillik yo'q. Bir o'yinda yazshi o'ynasa, ikkinchisida maydonda ko'rinmay qoladi. Qolaversa, zaxira o'rindig'imiz juda tor bo'lib qoldi. Yarim himoya chizig'i pand berib qo'ydi. Hujumchilarni to'p bilan himoyachilar taminlamaydiku!

- Bu yilgi chempionatning 4 ta turi ortda qoldi. Ilk taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- Endi chempionatimiz o'yinlarini tashqaridan kuzatish imkoniyati ko'proq bo'ladi. 4-tur doirasidagi “Olmaliq”-“Andijon”, “Navbahor”-“Nasaf”, “Lokomotiv”-“So'g'diyona” o'yinlarini bevosita stadiondan kuzatdim. Endi har bir turda imkon qadar markaziy uchrashuvlarni tomosha qilish, terma jamoaga munosib nomzodlarni kashf etib borishga harakat qilaman. Avval ham bu haqda aytganman, ichki chempionat qanchalik kuchli bo'lsa, terma jamoa ham shunchalik kuchli bo'ladi. O'tkinchi o'yinlarga hamisha qarshi bo'lib kelganman. Har bitta o'yin kamida “Bunyodkor”-“Olmaliq” uchrashuviga o'xshab o'tsa, o'ylaymanki, O'zbekiston chempionati nafaqat Osiyoda, balki dunyoda ham etakchi o'rinlarda bo'ladi. Terma jamoa bosh murabbiyi men bo'lamanmi, boshqa insonmi, albatta, milliy chempionatning kuchayishidan manfaatdor bo'lishi shart. Hayolda hamma narsaga erishish mumkin. Lekin hayot umuman boshqa narsa. “Ajoyib hayolparast” filmidagi O'zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov talqin etgan obrazni har doim eslayman. Kino bilan hayot o'rtasida juda katta tafovut bor.

- Osiyo Kubogi-2015 yanvar oyida o'tkaziladi. Yanvar, fevral, mart oylari esa hamisha biz uchun noqulay vaqt bo'lib kelgan. 2011 yilgi qita chempionatida kuchli to'rtlikka kirishimizga ikki oy oldin boshlangan tayyorgarlik zamin yaratgan edi. Terma jamoalar markazi oldiga shunday tayyorgarlik sharoitini tashkil etib berishni so'rab murojaat qildingizmi?

- Aniq esimda, o'shanda terma jamoamiz 22 noyabr kuni tayyorgarlikni boshlagan va bu o'z mevasini bergandi. Taqqoslash uchun bir misolni keltirib o'tiraman. Uzoqqa bormaylik, yanvar oyida Ummonda o'tgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz guruhdan ham chiqa olmadi. CHempionat boshlanishiga 6 kun qolganida tayyorgarlikka kirishildi. Bir haftada nimaga erishish ham mumkin. Olti kunning ikki kuni ham yo'lda o'tdi. Har bir klubning o'z ish rejasi bor. Murabbiylarning talabi ham turlicha. Futbolchilar terma jamoaga turli holat va tayyorgarlik bilan etib kelishadi. O'rtoqlik uchrashuvlari shuning uchun ham kerak.

- Osiyo Kubogiga tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilganmi?

- Ishlab chiqilgandi. Lekin qura natijasiga ko'ra, Xitoy bilan bir guruhga tushib qoldik. Rejaga ko'ra, Avstraliya safari oldidan Xitoyning SHanxay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etishni maqsad qilgandik. CHunki, SHanxay Avstraliya bilan bir xil iqlim sharoitiga ega bo'lib, ob-havoga moslashish ko'zda tutilgan edi. Endi rejani qayta ko'rib chiqamiz. Men Terma jamoalar markaziga PFL bilan kelishgan holda O'zbekiston chempionati o'yinlarini kechi bilan 8 noyabr kuni yakunlash kerakligini aytdim. Futbolchilar ikki hafta dam olganidan so'ng, 25 noyabrdan o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlashni rejalashtiryapmiz. Ijobiy natija qo'lga kiritilishini istayotgan ekanmiz, tayyorgarlikni aynan shu tartibda boshlashimiz shart. Hozir Avstraliyaning o'zida yig'in o'tkazish haqida bosh qotiryapmiz. Ikki hafta Avstraliyada bo'lib, yana Toshkentga qaytib kelinadi. O'sha erning o'zida qolib, chempionat boshlangunicha hozirlik ko'rish futbolchilarning ruhiyatiga salbiy tasir o'tkazishi aniq.

- 5 yanvar kuni Sidneyda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejaga kiritilibdi. Bo'lajak raqib bilan kelishib oldinglarmi?

- Bu o'yin eski reja bo'yicha belgilangan edi. Unga ko'ra, 29 dekabr kuni SHanxaydan Toshkentga qaytib, Yangi yil bayramini o'tkazib, keyin Avstraliyaga uchib ketishni maqsad qilgan edik. Endi bazi bir o'zgarishlar kiritilish ehtimoli bor.

- Avvalgi Osiyo chempionatlaridan farqli ravishda bu safar guruh bosqichining uchchala o'yini ham bir-biridan ancha uzoqda bo'lgan shaharlarda o'tkaziladi...

- Avstraliyaning o'zi bir qita bo'lsa, tabiiyki, shaharlari orasidagi masofa ham kichik bo'lmaydi. So'nggi 10 kun ichida toza osmonning o'zida 55 soat uchdim.

- Demak, adaptaciya, yani moslashish jarayoni hozirdanoq boshlanibdi-da.

- SHunday. Avstraliyadan qaytib kelganimdan so'ng, ertasi kuni Eronga jo'nab ketdim. Keyin Avstraliya bilan Toshkent o'rtasidagi vaqt tafovuti 6 soatni tashkil etadi. Sidney - Brisben - Melburn yo'nalishi bo'yicha guruhning 3 ta o'yinini o'tkazamiz. Masalan, Brisbendan Melburn shahriga 3 soat uchiladi. Mayli, shunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz.   

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика