Mirjalol Qosimov: "Durang natijadan qoniqdim"
26 fev 2014 00:30
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Durang natijadan qoniqdim"
"Al Fath" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yin haqidagi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiziqarli bo'ldi. Avvalo bizni stadionda qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Bugun xuddi o'z maydonimizda o'ynagandek bo'ldik. 3 oydan keyingi dastlabki rasmiy o'yinni o'tkazdik, menimcha bunday holat uchun yomon harakat qilmadik. O'yinga kelsak bizda imkoniyatlar bo'ldi. Biroq ulardan foydalana olmadik. Durang natijaga normal qarayman", - deb gap boshladi Qosimov.
- Bugun qaysi jamoa g'alabaga loyiq edi?
- Vaziyatlar bo'yicha olib qaralsa, bizda ikkita o'ta qulay vaziyat bo'ldi. "Al Fath"da esa yaqqol imkoniyat bo'lgani yo'q. Umuman olganda o'yin asosan maydon markazida kechdi.
- Himoyada yaxshi harakat qildinglar. Kerak vaqtda hujum tashkil qildinglar. Bu oldindan rejalashtirilganmidi?
- Bir narsani tushuninglar. Bu bizning ilk rasmiy uchrashuvimiz edi. Jamoa futbolchilari 70 foizga tayyorlar. SHu bois ochiq o'yin namoyish eta olmasdik.
Bahodir Mirzaev.
Al Hasa, Saudiya Arabistoni

Fikrlar