So’nggi yangiliklar

21:15Қитъалараро кубок, ярим финал. ПСЖ – "Фламенго". Таркиблар аниқ!  1 20:46Флик "Барселона" ҳақидаги маълумотларни матбуотга сиздираётган футболчини қўлга туширди  2 20:21ФИФА ЖЧ-2026 иштирокчилари учун рекорд миқдорда соврин пуллари беради  4 20:21ФИФА ЖЧ-2026 иштирокчилари ўртасида рекорд даражадаги пулни тақсимлайди. Ўзбекистон терма жамоаси қанча олади?  6 19:45Аллегри Суперкубок ярим финали ҳақида: "Наполи" мағлубиятлардан сўнг ғазабда. Конте қийин пайтларда ўйинчиларнинг бор кучини кўрсата олади"  0 19:35Мирзаҳаким Тўхтамирзаев: "Николай Озеров — мен учун андоза"  2 19:22"Нефтчи" мураббийлар штабида аргентиналик мутахассис иш бошлади  14 18:43Араухо қачон сафга қайтиши маълум бўлди  0 18:12Жозе Моуринью: "Матбуот билан мулоқот – ўйинчиларга гап уқтиришнинг бир усули. Мен уларга ҳам журналистларга айтган гапимни айтаман"  0 17:17Левандовски ёзда эркин агент сифатида МЛС жамоасига ўтиши мумкин  0 16:56"Реал" ТВ Лапортанинг Негрейрани танимаслиги ҳақидаги сўзларига жавобан: "Эслатиб ўтамиз, судда ёлғон гапириш – бу жиноят"  8 16:25Адейеми хотини сабаб "Боруссия"дан кетиши мумкин. Хип-хоп ижрочи Лоредана Дортмундда эмас, Европа мегаполисида яшашни хоҳламоқда  8 15:38Моуринью психологик ҳийлалар ҳақида: "Мен вақти-вақти билан гапирадиган бемаъни гапларим билан эмас, титулларим билан машҳурман"  6 15:01Нигерия ЖЧ саралашидаги мағлубиятдан сўнг Конго ДР устидан ФИФАга шикоят қилди. Баъзи конголик футболчиларда Европа паспортлари бор, бу эса мамлакат қонунчилигида тақиқланган  12 14:32CTA "Алавес" билан ўйиндаги Винисиус вазиятида VAR қарорини қўллаб-қувватлади  2

Mirjalol Qosimov: “Dubaydagi yig'in ko'ngildagidek o'tdi” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Dubaydagi yig'in ko'ngildagidek o'tdi”

Deyarli 2 hafta davomida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yig'in o'tkazgan “Bunyodkor” klubi fevralning ilk kuni Toshkentga qaytib keldi.
Futbolchilarga qisqa muddatli tatil berildi. 4 fevral kuni jamoa navbatdagi yig'inni tashkil etish uchun Turkiyaga jo'nab ketadi. Fursatdan foydalanib biz bosh murabbiy Mirjalol Qosimov bilan uchrashib o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Dubaydagi yig'indan ko'nglingiz to'ldimi, belgilangan rejalarning hammasi amalga oshdimi?

- BAA yanvar oyida yig'in o'tkazish uchun juda qulay joy hisoblanadi. Evropa va Osiyoning aksariyat klublari qishki yig'in o'tkazish uchun aynan shu erni makon qilishadi. Biz tanlagan joy esa yig'in o'tkazish uchun eng qulayi edi desam mubolag'a bo'lmaydi. Ilk martta 2009 yil Dubaydagi “Jebel Ali” mehmonxonasini tanlagan edik va mana 6 yildan beri bu joyni o'zimizga maskan qilib olganmiz. Buning sababi odiy - bu erdagi sharoitlarning bizga maqbul kelgani. Birinchidan shaharning markazi emas, chekkasida. Yani mashg'ulotlarga qatnash uchun Dubaydagi tirbandliklarga duch kelinmaydi. Ikkinchidan yig'in o'tkazish uchun barcha zarur vositalar mehmonxonaning o'zida va atrofida mavjud: alo sifatli maydonlar, qumli sohil, trenajyor zallari, basseyn. Rossiyaning “Zenit” va “Lokomotiv”, Ukrainaning “Metallist” klublari BAAga tashrif buyurishganda aynan “Jebel Ali”ni tanlashlari ham bejiz emas. Bu safar esa Daniyaning “Brondbyu”, Moskvaning “Dinamo”, Ekateringburgning “Ural”, Qozog'istonning “Astana” klublari qo'shnilarimiz bo'lishdi.

Rejalarga kelsak, asosiy maqsad jismoniy holatni meyorga keltirish va jamoaviy o'yinni shakllantirish edi. Malumki o'tgan mavsum yakunlanishi bilan asosiy tarkibning deyarli yarmi klubni tark etdi. SHu bois ham biz yangi taklif etilgan futbolchilar bilan jamoaning yangi o'zagini tashkil etishimiz talab qilinardi. Jismoniy mashg'ulotlar ko'ngildagidek o'tdi. Kuniga 2 mahaldan shug'ullandik, trenajyorlar yordamida mushaklarga kuch berdik, sohildagi qumlikda sakrash mashqlarini o'tkazdik, basseyn esa organizm tiklanishiga yordam berdi. Jamoaviy o'yinga kelsak, bu borada xali yana ishlashimiz kerak. Dubayda barcha futbolchilarga bir xilda imkon berdik. Navbatdagi yig'inda esa asosiy tarkibni shakllantirishga urg'u beramiz.

- O'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlariga qisqacha tarif berib o'tsangiz...

- Avvalo shuni takidlash kerak, bu o'yinlar uchun alohida tayyorgarlik ko'rmadik. Yani o'yin kunlari ham mashg'ulotlarni to'xtatmadik, ertalab tayyorgarlik o'tkazgan holda tushdan keyin o'yin uchun maydonga tushdik. Jismoniy yuklama ostida futbolchilar holatini tekshirish biz uchun muhim edi, shunga amal qildik. Raqiblar orasida kuchsizi yo'q edi, ularning uchchovi ham Rossiya premer ligasi vakillari hisoblanishadi. SHunga qaramay yigitlar ular bilan munosib bahs olib borishdi. Yuqorida aytganimdek, bu uchrashuvlarda barcha futbolchilarga imkon berdik, xatto akademiyamizdan endi safimizga qo'shilgan Javlon Mirabdullaev, Mirjamol Qosimov va Zabixillo O'rinboevga ham. “Spartak” bilan bo'lgan so'nggi o'yinmizda penaltini aynan Zabixillo ishladi.

- Ukrainalik markaziy himoyachi Sergey Simonenko qanday taassurot qoldirdi?
- Yaxshi. Lekin legioner futbolchilar bilan shartnoma tuzishga shoshilmaymiz. Ularni xar taraflama o'rganishimiz lozim. Simonenkoni Turkiya yig'inida ham obdon o'rganamiz, u erda ham o'zini ko'rsatsa, keyin shartnoma muzokarasini boshlaymiz.

- Turkiya yig'ini doirasidagi o'yinlarda raqiblar aniqmi?
- Ha. Jami 6ta nazorat o'yini o'tkazamiz. Futbolchilar maydonda ko'proq xarakat qilishlari uchun 2 tarkib bilan kuniga 2 tadan o'yin o'tkazishni ham rejalashtirganmiz. Raqiblarga kelsak, ularning beshtasi Evropa klublari: 6 fevral kuni Polshaning “Yagelloniya”, 9-da Bolgariyaning 2 klubi “Bansko” va “Lokomotiv”, 13-da Belorussiyaning “Torpedo” va Ukrainaning “Ilichevec” jamoalari bilan maydonga tushamiz. Nihoyat, yig'inni qo'shnilarimiz – Qarag'andaning “SHaxtyor” klubiga qarshi o'yin bilan yakunlaymiz.

- Turkiya yig'iniga ham Dubaydagi tarkib boradimi yoki o'zgarishlar bo'ladimi?
- O'zgarishlar bo'ladi. Jarohati tufayli BAA yig'iniga bora olmagan Sardor Sobirxo'jaev safimizga qo'shiladi. SHuningdek yoshlar tarkibidan yana 2 himoyachi – Xasan Asqarov va Kamronbey Kapadzeni sinab ko'rishni rejalashtirganmiz. Jahongir Jiyanmurodov, Orif Mamajonov va Alisher SHog'ulomov bu safar Toshkentda qolishadi.

- Turkiyadan keyingi rejalar qanday bo'ladi?
- 17 fevral kuni Toshkentga qaytamiz va futbolchilarga qisqa muddatli dam beriladi. Biz esa murabbiylar shtabi va klub rahbariyati bilan kelishgan holda OCHL uchun yakuniy ro'yhatni OFK qarorgohiga jo'natamiz. 22 fevral kuni esa joriy yilgi ilk rasmiy uchrashuvimizni o'tkazish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketamiz.

Abror IMOMXO'JAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика