Mirjalol Qosimov Dubayda KXDRning ikkita o'yinini kuzatadi
29 okt 2014 14:55
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov Dubayda KXDRning ikkita o'yinini kuzatadi
Osiyo Kubogi-2015 da biz bilan bir guruhdan joy olgan KXDR terma jamoasi ayni kunlarda BAAda yig'in o'tkazmoqda.
Yig'in davomida bir qancha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov raqibni yaqindan o'rganish maqsadida Dubayga uchib ketdi.
Murabbiy 31 oktyabr kungi KXDR - Quvayt hamda 2 noyabr kungi KXDR - Bahrayn uchrashuvlarini bevosita stadiondan kuzatadi.
Xuddi shu kunlari FIFA tomonidan Malayziyada JCH-2014 yakunlariga bag'ishlangan seminar ham bo'lib o'tadi. Unda Qosimovning terma jamoadagi yordamchisi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etadi.
Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati vakili Abror Imomxo'jaev o'z tvitterida malum qildi.
Malumot uchun, OK-2015da O'zbekiston terma jamoasi o'rin olgan guruhda KXDRdan tashqari Xitoy va Saudiya Arabistoni terma jamoalari ham o'rin olgan.

Fikrlar