Mirjalol Qosimov buyog'iga yaxshi bo'lishini aytdi
12 noy 2013 08:39
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov buyog'iga yaxshi bo'lishini aytdi
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov terma jamoaning JCH-2014 final bosqichiga chiqa olmagani futbolchilarga jiddiy salbiy tasir qilganini takidladi.
Bosh murabbiy bu haqda 11 noyabr kuni O'zMTRKning Sport telekanali orqali efirga uzatilgan Futbol sharhi ko'rsatuvida malum qildi, deya xabar bermoqda milliy terma jamoaning rasmiy tvitter akkaunti.
JCHga chiqa olmaganimiz futbolchilarga katta ruhiy zarba bo'ldi va o'yinlarimizga salbiy tasir qildi. Buyog'iga yaxshi bo'ladi, – dedi Mirjalol Qosimov. Bosh murabbiyning qo'shimcha qilishicha, milliy terma jamoa tarkibi yoshartiriladi va bu jarayon sekin-sekin, bosqichma-bosqich olib boriladi.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2014 saralash bahslari 4-saralash bosqichida 14 ochko to'plaganiga qaramay, mundial final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqa olmagan edi. Sentyabr oyida bo'lib o'tgan pley-off saralash bahslarida terma jamoa Iordaniya terma jamoasiga penaltilar seriyasiga ko'ra imkoniyatni boy berdi va JCH-2014 yo'llanmasi uchun kurashni to'xtatdi.
Iordaniyaga qarshi Toshkentdagi, O'zbekiston mag'lubiyati bilan yakuniga etgan o'yindan so'ng Mirjalol Qosimov O'zbekiston futboli rahbariyatidan istefoga chiqarishlarini so'rashini malum qilgan edi. Biroq O'FF rahbariyati uning bu iltimosini qisman qabul qilib, Osiyo Kubogi-2015 saralashida boshlangan ishni tugatishni va uning o'rniga yangi bosh murabbiy 2014 yil boshida tayinlanishini malum qildi. Bosh murabbiy xorijlik bo'lishi mumkinligi ham qayd etildi.
Terma jamoa shundan so'ng faqat bir marta – oktyabr oyida Osiyo Kubogi-2015 saralash bahslari doirasida Toshkentda Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Saralash bosqichi doirasidagi keyingi va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan o'yinlar 15 va 19 noyabr kunlari o'tkaziladi – terma jamoa dastlab Vetnam mehmoni bo'lsa, oradan to'rt kun o'tib Gongkongga safar qiladi.
Ushbu o'yinlar uchun Mirjalol Qosimov terma jamoaga 24 nafar futbolchini chaqirgan; 11 noyabr kuni ular orasida Qozog'iston chempionatida to'p suruvchi SHavkat Salomov ham paydo bo'lgani xabar qilindi.

Fikrlar