So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Mirjalol Qosimov: "Bayramga g'alabalar bilan o'z xissamizni qo'shmoqchimiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bayramga g'alabalar bilan o'z xissamizni qo'shmoqchimiz"

SHu kunlarda xalqimiz Vatanimizning shonli tarixidagi buyuk va o'chmas sana - O'zbekiston mustaqilligining 23 yilligini keng nishonlamoqda.
Kecha asosiy tantana o'tkazilgan bo'lsa, bugun shahar va qishloqlarimizda bayram shukuhi davom ettiriladi. Biz esa, kun davomida taniqli futbolchilarimiz, murabbiylarning bayram tabriklarini etiboringizga havola etib boramiz. Bayram muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Mirjalol Qosimov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Menga berilgan imkoniyatdan foydalanib, hamyurtlarimizni, futbol ishqibozlarini eng ulug' va aziz bayram  Mustaqilligimizning 23 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Istiqlol bizga juda ko'p nematlarni berdi. Bunga shukrona keltirishimiz kerak.

Birinchi navbatda o'zligimizni angladik. Ochig'i, bugungi yoshlarga havas qilaman. Sport, xususan futbol sohasida oladigan bo'lsak, yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buning qadriga etish kerak.

Umid qilamanki, 4 va 8 sentyabr kunlari o'tkaziladigan o'yinlarda ajoyib g'alabamiz bilan bu bayramga o'z xissamizni qo'shamiz. Iordaniya va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvlarda muxlislar uchun ajoyib futbol oqshomini tuhfa etamiz. Hozirda bor etiborni shu ikki o'yinga qaratganmiz. SHu uchrashuvlar orqali Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning asosiy va hal qiluvchi qismini yakunlaymiz. 2 sentyabr kuni yig'inga taklif etilgan barcha legionerlar terma jamoa ixtiyoriga etib keladi. Hozircha o'zimizning mahalliy futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazib turamiz.  

Kamoliddin ALIMOV yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика