Mirjalol Qosimov: "Al Jaish" ustidan g'alaba qozonishimiz kerak"
10 mar 2014 16:45
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Al Jaish" ustidan g'alaba qozonishimiz kerak"
Bugun Osiyo CHempionlar ligasi 2-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Al-Jaish” (Qatar) uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda yarim himoyachi Karles Koto qatnashdi.
"Ertaga "Al Jaish" ustidan g'alaba qozonishimiz kerak. Qatarliklarning kuchiga yaxshi baho bergan bo'lardim. Garchand, raqiblarimiz safida bir qator Qatar fuqaroligini olgan futbolchilar bo'lsada, biz o'z maydonimizda bo'ladigan ikkita o'yinda maksimal ochko olishimiz va turnir jadvalidagi mavqeimizni yaxshilab olishimiz kerak", - deydi Mirjalol Qosimov.
- O'yinga rejangiz qanday?
- To'p o'z nazoratimizga olishimiz kerak. Arablar ham to'pni o'zlarida uzoq saqlab, raqibning asabiga tegishni xush ko'radilar. Eng muhimi oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ymasligimiz kerak.
- "Al Jaish"ni "Nasaf"ni 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratganligi sizni havotirga soladimi?
- Bu o'yinga ancha bo'ldi. Bu guruh o'yini ekanligini inobatga olsak, havotirga tushmasligimiz kerak. Qolaversa jamoamizni OCHLda ko'p marotaba ishtirok etganligi foyda berishi tabiiy. Bizning futbolchilarimiz "Nasaf"ga nisbatan xalqaro maydonlarda ko'p o'yin o'tkazishganligi qo'l kelishi aniq.
- Raqib bosh murabbiyi Koto va Rashidovdan xavfsirashini aytdi, demakki ularni yopishga harakat qiladi.
- Futbol jamoaviy o'yin. SHunday ekan bu ikki futbolchimizdan tashqari qolgan yigitlarimiz ham raqibga tashvish tug'dirishi kerak.
- Mutaxassis sifatida arab futbolida yoqtirgan jihatlaringiz bormi?
- 2001 yili BAA chempionatida to'p tepdim. Futbol hamma erda o'syapti. Arab futbolida tezlik oshib boryapti. SHu bilan birga sifat ham. Nafaqat texnika, balki jismoniy holatlariga ham katta etibor qarata boshlashdi. Men futbol o'ynagan kezlarim, ular tushlikka qadar boshqa ishda, tushdan keyin xobbi sifatida liga o'yinlarini o'tkazar edilar. Bugungi kunda arab futboli ko'plab JCHlarga mezbonlik qilib kelyapti.
- "Al Jaish"ning eng xavfli futbolchisi sifatida kimni ko'rsatgan bo'lar edingiz?
- "Fulad" bilan o'yinni ko'rib, bu jamoada teng kuchga ega ikkita tarkib borligini ko'rdim. Avvallari yarim himoyangni ko'rsat, men senga jamoang kuchini aytaman derdilar. Bugun esa shu gap zaxira o'rindig'iga mos. 4 va 7 raqamlardagi o'yinchilar ancha kuchli. Nilmar deysizmi yoki koreyalik futbolchi, bari kuchli. Jamoaning asosiy tarkibi o'zgargani bilan, o'yin tempi va uslubi o'zgarmayapti.

Fikrlar