Mirzahakim To'xtamirzaevning bitta sharhi necha pul?
01 avg 2021 14:25
Yangiliklar
Mirzahakim To'xtamirzaevning bitta sharhi necha pul?
Suhbat jarayonida Mirzahakim akaga shunday savol berildi: Muxlislar tasavvurida sharhlovchilar juda ham boy odamlar bo'lishadi. MTRKda bitta sharh uchun to'lanadigan gonorar qancha?
"Haqiqatan ham havas qilsa arziydi. Agar siz efirda tomoshabin, muxlis, ishqiboz ko'ngliga yo'l topa olsangiz, sizdan boy odam yo'q. O'zbekistonning qaysi hududiga borsangiz, sizni tanishsa, quchoq ochib kutib olishsa, eng aziz mehmon o'rnida ko'rishsa, sizdan boy odam yo'q. Bu joyda endi gonorar qanchaligining ahamiyati qolmaydi. Lekin, bu ko'rsatuvda ochiqchasiga muloqot qilish mumkinligi uchun aytishim mumkin: televidenieda maosh unchalik katta emas, hatto juda kichik. Gonorarning hisobiga ko'proq pul topish mumkin. Yani, qancha ko'p ishlasangiz, shuncha ko'p olasiz.
Ochiqchasiga aytadigan bo'lsam, televidenie avjiga chiqqan paytda sharhimning 1 daqiqasi uchun oladigan pulim 1 AQSH dollariga teng edi. 1 ta futbol uchrashuvini o'rtacha 100 daqiqa deb oladigan bo'lsak, bu 100 dollar degani".
Fikrlar