So’nggi yangiliklar

08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  2 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  7 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  2 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  6 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  4

Mirkomil Lokaev: “Dinamo” Pro-ligada o'ynaganida ham jamoada qolar edim” Yangiliklar

Mirkomil Lokaev: “Dinamo” Pro-ligada o'ynaganida ham jamoada qolar edim”

Samarqandning “Dinamo” klubi garchi mavsum boshida PRO-ligaga tayyorgarlik ko'rgan bo'lsada, bir oz muddatdan so'ng Superligaga qaytdi.

Hozirgi kunda esa grand jamoalarga qarshi ham ishonchli o'yin ko'rsatayotgan bu klub turnir jadvalida 7-pog'onani band etib turibdi.Bugun biz “Dinamo” himoyachsi, o'zining super gollari bilan jamoada “qutqaruvchi” vazifasini bajarayotgan Mirkomil Lokaev bilan suhbat qilishga qaror qildik.

- Mirkomil futbolga qanday kirib kelgansiz va birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Futbolga kirib kelishimga dadam va akam sababchi bo'lgan. Ular orqali futbolga qiziqishim ortgan. Keyin ular meni Samarqand Olimpiya zaxiralari kollejiga olib kelgan. Birinchi murabbiyim Qaxramon Mamatqulov, so'ngra Marat Ahmedov qo'l ostida o'ynaganman. Ularga o'z minnatdorligimni izhor qilaman. Futbolchi bo'lishimga ularning hissasi beqiyos.



- “Dinamo"dagi faoliyatingiz haqida aytib bersangiz. Bilamizki, mavsum boshida sizga Superliganing boshqa jamoalaridan ham takliflar bo'lgan lekin siz klubda qoldingiz...
- Bolaligimdan “Dinamo”da to'p tepishni orzu qilganman. Yoshdikda do'stlarim bilan “Dinamo” stadioniga borib o'yinlarni tomosha qilardik va ushanda “men ham bir kun shu maydonda to'p tepaman” deb niyat qilgan edim. Yaratganga shukrki, 2013 yildan buyon “Dinamo”da faoliyat olib boraman. 2014 yilda Oliy ligada “Metallurg”ga qarshi bahsda debyut qildim.
Ha, haqiqatdan ham bir qator takliflarni oldim. “Dinamo” bilan yil boshida Pro-liga bahslariga tayyorgarlik ko'rgan edik keyin esa vaziyat o'zgardi va biz Superligaga qaytdik. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, agarda “Dinamo” Pro-ligada ishtirokini davom ettirganida ham baribir o'z jamoamda qolar edim.

- Mirkomil, o'z gollaringiz bilan bir necha marta jamoaga yordam berib kelmoqdasiz. O'yin taqdirini hal qiluvchi gollarni urganingiz uchun muxlislar sizni “qutqaruvchi” deb atashmoqda.
- Har bir bahsga faqat g'alaba uchun chiqamiz. Uchrashuvning so'nggiga qadar g'alaba uchun kurashamiz. Muhim gollarni kiritganimdan xursandman. Jamoamiz murabbiyi Davron Fayzievning ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishga harakat qilamiz. Umuman ayganda jamoada ichki muhit alo darajada. Biz maydonda bir oila bo'lib, jamoaviy o'yin hisobiga chiroyli va muxlislarbob futbol namoyish etishga harakat qilayapmiz.



- O'tgan turda jamoangiz safarda “Andijon”ga qarshi bahs olib bordi va jangovor durang qayd etdi. Ushbu turda esa o'z maydoningizda AGMK bilan o'ynaysizlar. Bo'lajak bahs oldidan qanday fikrdasiz?
- “Andijon”ga biz g'alaba uchun borgan edik. Tarkibda bir qator yo'qotishlar va o'z xatolarimiz evaziga durang qayd etdik. O'yin juda qiziqarli bo'ldi va biz so'nggi daqiqalargacha kurashdik. Vodiyda o'tadigan bahslar har doim og'ir kechgan. Zero Superligada oson o'yinning o'zi yo'q.
Ayni kunlarda murabbiyimiz Davron Fayziev boshchiligida AGMK ga qarshi tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. O'ylaymanki, ushbu bahs juda qiziq bo'ladi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi biz uchun muhim. Biz esa ularga javoban g'alaba taqdim qilishga harakat qilamiz.

- Qaysi chet el klubi muxlisisiz? Qaysi futbolchilarning o'yini sizga yoqadi?
- Men “Barselona” va “Arsenal” jamoalari muxlisiman. Daniel Karvaxal va Dani Alveshlarning o'yinlari menga yoqadi. Ularning maydondagi harakatidan o'zimga nimanidir olishga, o'rganishga harakat qilaman.

- Mirkomil Lokaevning orzusi qanday?
- Har bir futbolchi singari avvalo o'z yurtimning sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilish va Evropa klublarida to'p tepish.


Dildora Xolboeva suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика