So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  154 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Mirjalol Qurbonov: “Olimpik” bilan durang adolatli bo'ldi” Yangiliklar

Mirjalol Qurbonov: “Olimpik” bilan durang adolatli bo'ldi”

Pro liganing 17-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar etakchi futbolchisi Mirjalol Qurbonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz “Olimpik” jamoasini yaxshi ekanligini bilardik. SHuni hisobga olgan holda, o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rdik. Raqibimiz yosh va iqtidorli futbolchilar hisobiga tashkil qilingani bilindi. Ularda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Darvozabonimiz ham ko'p vaziyatlarda jamoamizni gollardan asradi. Bir so'z bilan aytadigan bo'lsam, ushbu o'yinda g'alaba qozonishimiz yoki yutqazishimiz ham mumkin edi. Durang adolatli bo'ldi deyish mumkin", - deydi Qurbonov. 

- Saidjamol Davlatjonovni chetlatishi “Xorazm”ga so'nggi daqiqalarda qanchalik muammolar keltirdi?

- Albatta, chetlatishdan so'ng “Olimpik” yanada ko'proq hujum uyushtirdi. Ular g'alaba qozonish uchun bor kuchlari bilan harakat qildi. Bir kishi kam bo'lib qolganimizdan kelib chiqib, himoyaga ko'proq etibor qaratdik.




- “Xorazm” mavsumning qolgan o'yinlarida o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?

- Aslida mavsumni yuqori o'rinlarning birida tugatish vazifasi qo'yilgan edi. “Oq-tepa” hamda “Istiqlol”ning musobaqadan erta chiqib ketishi, bizning maqsadlarimizga o'z tasirini ko'rsatdi. Bizdan ham olti ochko olib tashlandi. SHu tufayli, qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishimiz va o'zimiz uchun kerakli ochkolarni jamg'argan holda, mavsumni beshlikda tugatmoqchimiz.

- Klubning bugungi kundagi moliyaviy holati xususida nimalarni ayta olasiz?

- Moliyaviy holatimiz chakki emas. Klubda maosh o'z vaqtida berilmoqda. Rahbariyat shu tomondan futbolchilarni qo'llab-quvvatlamoqda va amaliy yordamini berib bormoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика