Mirjalol Qosimov: "Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda oqsayapmiz"
11 avg 2017 21:50
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda oqsayapmiz"
Oliy liganing 17-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Olmaliq" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.
- Natija biz uchun qoniqarli bo'ldi. Bugun yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Ammo har doimgidek gol urishda oqsoqlandik. Hujumlarni samarali yakunlashda kamchiliklar uchramoqda. "Olmaliq"ning o'yin uslubini yaxshi o'rganib chiqqandik. Bugun bu ham bizga qo'l keldi.
O'yin stadionga tashrif buyurgan muxlislarga manzur bo'ldi, deb o'ylayman.
Otabek SHukurovning o'yinini yaxshi baholayman. ALbatta, oxirgi uchrashuvlarda u katta o'sishga erishmoqda. Avvallari o'z joyida emas, yani himoyada o'ynashga majbur bo'layotgandi. Yarim himoyada esa o'zini yaxshi his etmoqda. Bu bilan to'xtab qolmasligi kerak. Otabek SHukurov o'z ustida ishlashda davom etishi lozim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar