So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

Mirjalol Qosimov: “VAR yo'qligi o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi deb o'ylamayman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “VAR yo'qligi o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi deb o'ylamayman"

Coca-Coca Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun biz uchun juda masuliyatli o'yin edi. Qolaversa qiziqarli va dramatik ruhdagi uchrashuv guvohiga aylandik. Agar g'alaba qozonganimizda 2-o'rin masalasi hal bo'lardi. Afsus, ushbu masala keyingi o'yinga qoldi. Yigitlar oxirigacha kurash olib borishdi, mezbonlar ham bizga qarshi juda yaxshi harakat qilishdi. Bugungi o'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Agar Kasyan 90-daqiqada yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalana olganida g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. 

Oldinda O'zbekiston kubogi yarim final bahsi bizni kutib turibdi. Tezroq tiklangan xolda ushbu o'yinga tayyorgarlik jarayoniga kirishimiz zarur.


- Bugungi o'yinda VAR tizimi ishlashi aytilgandi. Lekin texnik sabablarga ko'ra ushbu texnologiya ishlamadi. Bu xolat o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, bunday deb o'ylamayman. VAR yo'qligi bir jihatdan yaxshi bo'ldi. Nega deganda bugungi uchrashuv jozibador ruhda o'tdi. Ko'p to'xtalishlar bo'lmadi, o'yin vaqtini yutqazmadik. Har ikki jamoa g'alaba uchun maydonga tushgani ko'rinib turdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика