So’nggi yangiliklar

10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  0 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  8 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  9 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1

"Mirjalol Qosimov va Samvel Babayanga etarlicha vaqt va imkoniyat yaratib berildi, g'alaba ularni bosimdan qutqaradi" - Tajribali mutaxassislar bugungi o'yinlardan oldin yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Mirjalol Qosimov va Samvel Babayanga etarlicha vaqt va imkoniyat yaratib berildi, g'alaba ularni bosimdan qutqaradi" - Tajribali mutaxassislar bugungi o'yinlardan oldin yana nimalar dedi?

Bir necha soatdan so'ng klublarimiz uchun muhim hisoblangan palla start oladi.

Dastlab "Navbahor" jamoasi Dohada "Al Vakra" bilan kuch sinashsa, malum fursat o'tib OKMK "Al Arabi" mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuvlar oldidan ikki nafar tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov va Akmal Xolmatovning fikrlari bilan qiziqdik. 

Baxtiyor Ashurmatov: - Bugun jamoalarimizni juda murakkab o'yinlar kutib turibdi. Bunday fikr bildirishimga bir nechta sabablar bor. Birinchi sabab - Qatar jamoalari safida yaxshi saviyadagi legionerlar to'p tepadi. Ikkinchi sabab - ikkala jamoamiz ham safarda o'ynashadi. Mehmonda esa jamoalarimiz juda og'ir o'ynashadi. Uchinchi sabab - ohirgi paytda "Navbahor" ham, OKMK xam stabil o'yin ko'rsatmayapti. "Navbahor" va OKMK murabbiylari bunday yuqori saviyadagi o'yinlarda birinchi marotaba ishtirok etishayotgani yo'q. O'z jamoalarini bu o'yinga tayyorlay olishadi, degan umiddaman. Bitta o'yindan iborat uchrashuvlarda murabbiylarning saviyasi, qanday taktik uslub tanlashi, ruhan tayyorlay olishi, o'yin davomida uslubni to'g'ri o'zgartira olishi kabi omillarga bog'liq. 

Bugungi o'yinda Mirjalol aka Qosimovda ham, Samvel aka Babayanda ham bosim bor. CHunki bu murabbiylarga vaqt ham etarlicha berildi, imkoniyat ham yuqori saviyada yaratib berildi. SHu sababli xudo xohlasa, jamoalarimiz g'alaba qozonsa, ikkala jamoa murabbiylari bu bosimdan chiqib ketishadi. Har doim imkoniyat bor. Men ikkala jamoamizdan xam g'alaba kutib qolaman. Bu jamoa muxlislari ham xis hayajon bilan o'z jamolari ishtirokidagi o'yinlarni kutishmoqda. Muxlislar uchun futbolchilar jonini berib bugungi o'yinlarda o'ynashlari kerak. Xudo xohlasa o'yindan keyin ikkala jamoa muxlislari yaxshi kayfiyatda bo'lishlarini tilab qolaman. Jamoalarimizga bugungi o'yinlarda omad tilayman.

Akmal Xolmatov: - Fikrimcha, jamoalarimizga safarda osonroq bo'ladi. Uydagiga qaraganda hayajon kam kuzatiladi. OKMKni ham, "Navbahor"ni ham tarkibi yomon emas. Ikki jamoa ham muvaffaqiyatga erishishadi, deb o'ylayman. 

Baribir ehtiyotkor o'ynashadi. Raqibda hayajon ko'proq bo'lishi tabiiy. Ob-havo bahona bo'lmasa, Qatar jamoalaridan kuchsiz emasmiz. 

O'zbekistonda chempionat davom etayotgani, ularda boshlanmagani bitta o'yinga katta tasir qilmaydi. Ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. 20ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa ham, 1ta uchrashuvda qatnashgan bo'lsa ham buning ahamiyati sezilmaydi

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика