So’nggi yangiliklar

11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  17 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3

Mirjalol Qosimov "Surxon"ga qarshi o'yindan so'ng: "Mashg'ulot boshqa - maydonda rasmiy o'yin o'tkazish boshqa" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov "Surxon"ga qarshi o'yindan so'ng: "Mashg'ulot boshqa - maydonda rasmiy o'yin o'tkazish boshqa"

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Surxon"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqiqatdan ham oson bo'lmadi. "Surxon" yaxshi shakllangan jamoa, u erda malakali o'yinchilar yig'ilgan. Jamoa o'z uyida "Mashal"ni yuta olmaganidan keyin bizga qarshi o'yinda qarshi hujumda o'ynadi. Qolaversa ularda yaxshi hujumchi bor - Kasyan. 

Raqib asosan himoyada o'ynadi, biz birinchi bo'limda yorib kirishda qiyinaldik. Ikkinchi bo'limda o'zimizda kuch topdik va tezroq harakatlandik, o'yinga dinamika qo'shdik, vaziyatlar paydo bo'ldi. "Surxon" ikkinchi bo'limda ham qarshi hujumda yaxshi harakatlandi.


Vaziyatlardan foydalanish? Bekoboddagi o'yinning birinchi 20 daqiqasini yaxshi boshlagandik. Yutib turganimizda vaziyatlardan foydalana olmay, qarshi hujumda gol o'tkazib yuborgandik.

Ko'rinib turibdi, barchaga vaqt kerak. 3 oy dam olish hazil emas. Mashg'ulot boshqa - maydonda rasmiy o'yin o'tkazish boshqa. Qolaversa ikki futbolchimizda jarohat bor edi, shu sababli ishtirok eta olishmadi, endi rotaciya qilamiz.

Vacadze jarohatdan so'ng tiklana olmadimi? Ha, aytganimdek uning jarohati bor. Barchasiga o'yinlar o'tkazilmagani sabab bo'lmoqda", - dedi Mirjalol Qosimov. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика