So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  3 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  13 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  11 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  15 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   7 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  55 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  433 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Mirjalol Qosimov: "Durang adolatli natija" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Durang adolatli natija"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan “Sug'diyona” - AGMK o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.




Yakunda durang natija qayd etilgan uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirib o'tdi.

“Jizzaxda futbol mavsumi boshlangani bilan barcha muxlislarni tabriklayman. Ijozatilar bilan ertaga bo'lib o'tadigan 8 mart - xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan jamoamiz nomidan tabriklab qolaman.

Bevosita o'yinga keladigan bo'lsak, birinchi bo'limda jangovar harakatlar kuzatildi. Golgacha barchasi ko'ngildagidek ketayotgandi. Ko'rgan bo'lsangiz oddiy vaziyatda darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Yigitlar o'zlarida kuch topgan holda hujum uyushtirishdi va men kutgan o'yinni ko'rsatishdi. Jokich ikkinchi sariqni olib maydonni tark etishi oqibatida bir kishi kam bo'lib qoldik.

Qiyin vaziyatda qolganimizga qaramasdan yigitlar natijani durangga keltirishdi. Doim takidlab kelganmiz futbol 90 daqiqa o'ynaladi. SHogidlarim o'ynashni bilishadi. Hamma gap xohishda. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi, maqsadimiz ularga yoqadigan jangovar futbol namoyish etish.

“Sug'diyona” ochko yo'qotgan bo'lishi mumkin, biz ochko qo'lga kiritdik. Menimcha, durang yomon natija emas. Mavsumni durang bilan boshladik, albatta uyda o'tadigan bahsni g'alaba bilan boshlamoqchi edik. “Metallurg”ga qarshi bellashuvning yigirmanchi daqiqasiga qadar juda yaxshi o'yin namoyish etdik. Bugun ham bir kishi kam bo'lib oxirgacha kurashdik. Men o'z shogirdarimga ko'rsatmalar berdim. Hakamga etiroz bildirganim yo'q. Ular o'z ishini qildi”, - dedi Qosimov.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика