So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Mirjalol Qosimov: "So'nggi 15 daqiqalikda natija uchun o'ynadik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "So'nggi 15 daqiqalikda natija uchun o'ynadik"

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Olimpik" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.


- Oson o'yinning o'zi yo'q. Eng asosiysi - natijaga erishdik. Qolaversa, tezkor, qarshi hujumlarga boy qiziqarli o'yin bo'ldi. Albatta, "Olimpik"ka qarshi o'ynash oson emas. Tarkibda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Jamoa bizga yaxshi qiyinchiliklar tug'dirishdi, ayniqsa, ikkinchi bo'lim oxirlarida. Biz ham so'nggi 15 daqiqalikda natija uchun o'ynadik. CHunki "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda so'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabadan mahrum bo'lgandik. Klub rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman. Ular bizga neytral maydonni taqdim qilib, o'z maydonimizni chiroyli chim bilan, yaxshi yoritkichlar bilan taminlab berishdi. SHu sababli ularga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bunday maydonda biz bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak. SHu orqali biz o'z muxlislarimizni xursand qilamiz. 

- Tarkibda Akramjon Komilov hamda Vitaliy Denisov kabi chap qanot himoyachilari turganda SHohruh Gadoev ushbu nuqtada o'ynadi.

- Bunday ishni qilishni o'tgan yili boshlaganmiz. U himoyadan tezda hujumga o'ta oladi. Kutilmagan vaziyatlar yaratishga qodir. SHu sababli Gadoevni himoyada o'yinga tushirdim. Komilov operaciya qilingan. SHu sababli uning tiklanishi uchun vaqt kerak. Endi qo'l ostimizdagi futbolchilardan foydalanishga majburmiz. 

- Siavash Haqnazariyning maydonga tushirilmagani sababi rotaciyami yoki uning jarohati bormi?

- Kichik jarohati bor. Uning kattalashmasligi uchun qaydnomada bo'lsa-da, uni maydonga tushirmadik. Hali oldimizda o'yinlar ko'p. Agarda bu so'nggi o'yin bo'lganida ham boshqa gap bo'lardi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика