So’nggi yangiliklar

15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  0 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  0 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  0 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  6

Mirjalol Qosimov: "SHomurodovning o'yini qoniqarsiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "SHomurodovning o'yini qoniqarsiz"

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvi yakunlangach tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- Juda ham qiziqarli, shiddatkor va jangovor o'yin guvohiga aylandik. SHu kabi uchrashuvlar muxlislarga yoqadi. Bugun stadionga kelgan ishqibozlar yaxshi, sifatli futbol ko'rishdi. Qo'qondan tashrif buyurgan muxlislarga katta rahmat aytaman. Garchi ular uylariga tushkun kayfiyatda qaytishayotgan bo'lsada, futboldan zavq olishdi, deb o'ylayman.
Natijadan qoniqdik. O'yinda ko'plab vaziyatlar yaratdik. Lekin ulardan foydalanish koefficienti past. Bugun chiziqlar orasida biroz bo'shliq paydo bo'ldi. Ayrim futbolchilarimiz terma jamoa ixtiyoridan etib kelishgani bois biroz toliqish bo'ldi. Ammo bu futbolda bo'lib turadigan narsa.

- Eldor SHomurodovning o'yini xususida fikringiz qanday?

- Eldor SHomurodovning o'yini qoniqarsiz. Avvalambor Eldor iqtidorli futbolchi sanaladi. Individual jihatdan ham kuchli futbolchi. Ammo bu yilgi o'yinlari ancha pasaydi. Omadi chopmayapti, demagan bo'lardim. SHomurodov o'z ustida ishlashni pasaytirib yubordi. Uning hayoli chetga ketish shekilli. Futbolchi shartnomasi tugagunga qadar o'ynab berishi kerak. Futbolni majburan yoki tanish-bilishchilik bilan o'ynatib bo'lmaydi.
Yaqinda unga statistikani ko'rsatdim, hujumchi uchun gol muhim. SHomurodov esa joriy mavsumda hali chempionatda birorta gol urgani yo'q. Imkon qadar SHomurodov bilan alohida gaplashib, uning holatini yaxshilashga harakat qilyapman. Umid qilamanki, davralar oralig'ida o'z sport formasini tiklaydi va ikkinchi davrada o'zini yaxshi taraflama ko'rsatadi.

- Yoshlar bilan ishlash qiyin bo'lmayaptimi?
- Tarkibda 16-17 yoshli futbolchilar yo'q. 20 yoshdan oshgan futbolchilarni yosh deyishni bas qilish kerak. Tarkibdagi futbolchilarimizning barchasi qizlar bilan gaplashadigan bo'lgan, ularni nimasi yosh? Mana oddiy misol, "Ayaks"ni qarang? Bular allaqachon ulg'ayishi kerak.

- "Qo'qon-1912" jamoasi o'yini haqida qanday fikrdasiz? Bugun ularning mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi...

- "Qo'qon-1912" juda yaxshi jamoa. Hasanov ajoyib jamoani shakllantirmoqda. Tarkib jihatdan ham yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Legioner hujumchi Rayevac ham yaxshi imkoniyatlarga ega futbolchi. Biz ham bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik.
Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика