So’nggi yangiliklar

15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  2 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  2 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  1 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  3 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  2 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   3 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  6 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  16 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0

Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga g'alaba uchun kelganmiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga g'alaba uchun kelganmiz"

OCHL-2019 pley-off bosqichi doirasidagi "Al Nassr" - AGMK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov va Zafar Polvonov ishtirok etishdi.

"Al Nassr"ni hurmat qilgan holda bu bosqichda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Jamoadagi kayfiyat yaxshi, tayyorgarlik juda yaxshi olib borildi. "Al Nassr" qanchalik kuchli bo'lmasin, biz ijobiy natija uchun kelganmiz. Maqsadga erishish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", - deydi Mirjalol Qosimov.  

- O'zbekiston chempionati o'yinlariga u qadar ko'p muxlis kelmaydi. Ertaga esa stadion to'lishi kutilmoqda. Jamoaingizga bu salbiy tasir qilmaydimi?

- Bu aksincha yaxshi bo'lardi. Stadion to'lib tursa chiroyli o'yin bo'ladi. Futbol muxlislar uchun.

- Ikki jamoa ham bir-birini deyarli bilmaydi. O'yin boshida qanday harakat qilmoqchisizlar?

- Bu o'yinning borishiga bog'liq. O'yinga reja tuziladi, ammo maydonda barchasi boshqacha bo'lib ketishi mumkin. Lekin biz imkon qadar to'pni o'zimizni saqlab turishga urinamiz. O'yinni nazorat qilishga harakat qilamiz.

- Ertaga bitta o'yindan iborat bahs bo'ladi. Bundan qanday foydalanmoqchisizlar?

Zafar Polvonov: - To'g'ri bitta imkoniyat bor. Barcha yigitlarning kayfiyati juda yaxshi. O'ylaymanki ertaga ham shunday bo'ladi. "Al Nassr"ni o'rganib chiqdik. Kuchli jamoa. Har bir chiziqda kuchli legionerlari bor. Mahalliy futolchilari ham kuchli. Lekin shunga qaramay biz bir jamoa bo'lib g'alaba uchun kurashamiz.



Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика