So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Mirjalol Qosimov: "Ronaldu golni bunday nishonlashni Polvonovdan o'rgangan" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ronaldu golni bunday nishonlashni Polvonovdan o'rgangan"

AGMK ustozi Mirjalol Qosimov "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'yindagi yirik g'alabadan so'ng (7:1) matbuot anjumanida OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

Anjuman davomida murabbiyga bugungi o'yinda beshta gol kiritgan Zafar Polvonov hamrohlik qildi. 

"G'alabadan albatta xursandmiz. O'yin boshidan yaxshi harakat qildik. Bizda yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi. Zafar Polvonov birinchi golini urib oldi. O'yinning oxirigacha shu tarzda davom etdik. O'yindan qoniqdim desam ham bo'ladi. Ammo, baribir hali ko'p ishlashimiz lozim. Bunday vaziyat doim ham bo'lavermaydi. Raqib jamoa futbolchisi qizil kartochka olgani bizga engillik berdi deb o'ylayman. Umuman, hali qilinadigan ishlar ko'p. No'mon Hasanovni ham tushunib turibman. Bu futbolda ko'p bo'lib turadigan holat. Bizning kasbimiz shunday. 

O'yinga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat. Keyingi o'yinlarda ham ularni kutib qolamiz", - deb so'z boshladi Mirjalol Qosimov. 


Zafar Polvonov: "O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki, ortga yo'l yo'q edi. Yigitlarga rahmat. Muxlislar oldida ham yuzimiz yorug' bo'ldi. Men ham murabbiy ishonchini oqlaganimdan xursandman. Bundan keyin ham mehnat qilishda davom etamiz. 


-Ilk g'alaba yirik bo'ldi va chiroyli o'yin evaziga qo'lga kiritildi. Himoyadagi o'yin, hususan Dilshod Jo'raevning o'yini haqida fikringiz.

-Dilshod universal futbolchi hisoblanadi. Men himoyada muammolar ko'rdim. SHuning uchun ham u himoyada o'ynadi. Futbolda bunday vaziyatlar ko'p bo'ladi. Bobur bilan birga u menga maqul keladigan futbolni namoyish etishi. Ular bir-birini yanada tushunib ketishi uchun vaqt kerak. 


-PFL reglamentiga ko'ra Olimpiya terma jamoasi uchun mos keladigan futbolchi kamida bir bo'lim maydonda harakat qilishi lozim. Ko'pchilik bunday futbolchilarni asosan birinchi bo'limda o'ynatmoqda. Ammo, siz bugun ikkinchi taymda tushirdingiz. Bu orqali siz tavakkal qildingizmi yoki o'yin taqdirini birinchi bo'limdayoq hal qilmoqchimidingiz?

-Avvalambor, o'z maydonimizda o'yganimiz sabab tezroq natijani o'zimiz uchun yaxshi holatga olib kelishimiz kerak edi. Ikkinchi taymda esa yoshlarga imkon berishni maqsad qilgandik. 


-Bunday usul jamoa g'alaba qozonib turganda uncha bilinmaydi. Ammo, mag'lubiyat vaqtida kimnidir majburan tushirish shart bo'lgan vaziyatlar murabbiylarga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

-Agar bu usul kelasi yil ham qo'llaniladigan bo'lsa bizga osonroq bo'ladi. Yosh futbolchilarni jamoaga jalb qilishni imkon qadar tezroq boshlaymiz. To'g'ri, bazida shunday vaziyatlar bo'lib qoladi. Bazida kutilmagan jarohatlar ham bo'lib qoladi. Futbol shunisi bilan qiziq. SHuning uchun ham sportning ushbu turi jahonda ommalashgan. 


-Zafar Polvonovga savol. Bugun beshta gol kiritdingiz. Bunaqasi yaqin yillar ichida O'zbekiston futbolida bo'lmagandi. Bundan taassurotlaringiz qanday?

-Men hujumchiman va asosiy ishim gol kiritish. Bugun o'z ishimni qildim. Eng yaxshi o'yin deb hisoblaymanmi? Ha, albatta. 


-Golni nishonlashingiz haqida. Bu Ronalduga muxlislik qilishingizdanmi? 

Ushbu savolga Mirjalol Qosimov javob berdi: Yo'q, golni bunday nishonlashni Ronaldu Zafar Polvonovdan o'rgangan (zalda kulgu). 



Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика