So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Mirjalol Qosimov: "Raqib imkoniyatlaridan foydalanganda, bugun mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Raqib imkoniyatlaridan foydalanganda, bugun mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi"

Coca Cola Superliganing 10-turi doirasidagi OKMK - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.



O'yin haqida

- So'zni Birodar Abduraimovni 80 yillik yubileylari bilan tabriklashdan boshlamoqchiman. Ushbu tadbirda qatnasha olmadim. Birodar Abduraimov o'z davrida o'zbek futboli afsonalaridan biri bo'lgan. Alloh bergan umrni xalqning ardog'ida o'tkazishlarini tilab qolaman. O'yinga kelsak, ikki xil bo'lim. "Anjidon"ga qarshi kuchli tayyorgarlik olib borgandik. Sababi, ular zich himoyalanadi va ikkinchi raqamda o'ynaydi. Birinchi bo'limda ayb o'zimizda bo'ldi. Oddiy to'p uzatmasida xatolarga yo'l qo'ydik. Deyarli hamma bu xatoni qildi. Kiyinish xonasida ham bu narsani aytib o'tdim. SHu narsani ikkinchi bo'limda o'zgartirdik. Xomyakovni bilaman, uning jamoalari juda tartibli himoyalanadi. Uning jamoasi har safar juda intizom bilan o'ynaydi. Bu kabi jamoalarga qarshi o'ynash juda og'ir. Lekin, baribir g'alaba qozona oldik. Bu o'yinda mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi, chunki hujumga o'tkanimizda baribir bo'shliqlar paydo bo'ladi. Bugun shunday imkoniyatlardan raqib foydalana olmadi. 

- "Andijon" zich himoyalanadi. Lekin, birinchi bo'limda "Andijon"da vaziyatlar ko'p bo'ldi va o'yinni nazorat qilishga urindi. Bu sizga kutilmagan holat bo'lmadimi?

- Boya aytib o'tdim. Oddiy vaziyatdan gol o'tkazdik.  Aytganimdek, agar har bir futbolchi ikki martadan ham to'p yo'qotsa, bu 20 ta vaziyat degani. Albatta, bunday holatda raqibda imkoniyat bo'ladi. Ko'rgan bo'lsangiz, goldan keyin boshqacha harakatlandik. Yana gol kiritdik, ammo ofsayd edi. Aynan shunday harakatlanishni o'yin boshidan boshlash kerak edi. 

- Anzur Ismoilov birinchi va ikkinchi bo'limda qanday funkciyani bajardi? Biz uning hujumga qo'shilganini ko'rdik...

- Ular bir birlarini to'ldirishadi. Raqib ikkinchi raqamda o'ynadi. Himoyani yorib o'tish qiyin bo'ldi. SHu sabab ham ikkinchi hujumchini maydonga tushirdim. Menimcha, bu o'zini oqladi. 0:1 yoki 0:2 farqi deyarli yo'q. 

- Ikki yil oldin Olmaliqdagi o'yinda 0:2 hisobida yutkazayotgan OKMK, yakunda 3:2 hisobda g'alaba qozongan. O'shanda ham Boake o'yin taqdirini hal qilgan. Bugun ham shunday bo'ldi. O'yin oldidan Boakega qandaydir ko'rsatma berganmidingiz?

- Yo'q, u o'z ishini qilmoqda. O'yindan oldin hammaga birdek ko'rsatma berilgan. Raqib juda zich himoyalangani uchun uzun uzatmalar bilan harakat qildik. Hujumchi o'z joyida, o'z ishini qilishi kerak. U hujumchi bo'lgandan keyin gol urishi lozim. Bu erda boshqa narsa yo'q.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика