So’nggi yangiliklar

19:11Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  13 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  10 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  7

Mirjalol Qosimov: "O'zimiz xohlagan futbolni namoyish etdik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'zimiz xohlagan futbolni namoyish etdik"

O'zbekiston Kubogi nimchorak final doirasidagi "Bunyodkor" - "SHo'rtan" (3:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.


- Biz o'zimiz xohlagandek o'ynadik. Birinchi uchrashuvda ikkita to'p farqi bilan yutganimiz tufayli ham yuqori ishonch bilan harakat qildik. Qiziqarli bellashuv bo'ldi.

CHiziqlar, futbolchilar orasidagi tushunishlar ancha joyiga kelmoqda. Jamoamiz yaxshi kombinacion o'yin ko'rsatdi. Lekin yaratilayotgan vaziyatlardan unumli foydalanish koefficienti past darajada. Biz bu muammo ustida ish olib boramiz.

Avval ham aytganman, statistka ham shuni ko'rsatmoqda. Biz gol urishda oqsaqlanmoqdamiz. Biz buni bartaraf etish ustida jiddiy ish olib boramiz. Boshqa raqiblar bu kabi ko'p vaziyatlar yaratishga imkon bermasligi mumkin. O'shanda bir dona imkoniyatdan samarali foydalanish lozim bo'ladi.

- "Bunyodkor" jamoasi joriy mavsumda ancha qiynalib qoldi. OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish chempionatdan ko'ra kubok orqali engilroq ko'rinmoqda. Lekin kubok bahslarida ham "Lokomotiv", "Nasaf" singari kuchli jamoalarga ushbu mavjud tarkib bilan kurashish qiyin bo'ladi. Ikkinchi davrada qaysi chiziqni kuchaytirmoqchimiz?
- OCHL yo'llanmani qo'lga kiritish uchun eng yaqin yo'l - bu kubok o'yinlari orqali. Bizning asosiy vazifa jamoaning eski madhiyasini qaytarish. Jamoamizdagi vaziyat og'ir. Davralar oralig'ida jamoani kuchaytirishimiz lozim. Avvallari futbolda o'rta chiziqqa qarab jamoaga baho berilardi. Hozirgi zamonaviy futbolda esa zaxira o'rindig'i uzunligiga ko'p narsa bog'liq. SHu uchun ham ikkinchi davrada imkon qadar futbolchilarni taklif etishga harakat qilamiz. Men oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Agarda finalga chiqsak, kim bo'lishidan qatiy nazar ular bilan kurashamiz va maydonda jonimizni beramiz.

Aynan qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchimiz? Imkon qadar barcha chiziqlarni kuchaytirishimiz lozim. Ikkita bir-biriga raqobatbardosh tarkibni shakllantirishimiz kerak.

- Mirjamol Qosimovning o'yinlari kuzatib borib, sizning harakatlaringiz esga tushmoqda. Lekin unga sizning o'g'lingiz bo'lgani bosim yuklayotgandek ko'rinmoqda. Kelajakda qanchadan keyin o'g'lingiz siz ko'rsatgan futbolni o'ynay oladi, deb o'ylaysiz?
- O'g'lim to'g'risidagi gapiradigan bo'lsam, albatta bu bosim yuklaydi. Buni avvalo uning o'zidan so'rash kerak. Lekin men bilaman, uning maydonni ko'rishi va to'p oshirib berishi faqat o'ng oyoqda. Lekin muhimi futbol o'ynashni biladi. Kelajakda yaxshi futbolchi bo'lishi o'ziga bog'liq. Ishlashla, mehnat qilishda davom etishi lozim. To'xtab qolish yaramaydi. Mirjamol uyda meni o'g'lim. Ishda esa barcha qatori futbolchi. U Qosimov bo'ladimi, Hamdamovmi yoki Zuhurovmi farqi yo'q. Bu jamoa. Qo'l ostimdagi har bir futbolchi men xohlayotgan va talab qilayotgan futbolni ko'rsatishi kerak. Ular o'z ustida ishlashsa, kelajakda barchasi yaxshi futbolchi bo'lib etishadi. Futbolda hakam xushtagidan keyin muxlislar uchun o'ynash lozim. Final xushtagi yangragunga qadar maydonda ter to'kish zarur.

- Eron terma jamoasini faqat sizning qo'l ostingizdagi terma jamoamiz yutgandi. O'shanda jamoani qanday ruhlantirgansiz. Eron bilan o'yinimizdan oldin terma jamoa murabbiylariga qanday maslahat bergan bo'lardiz?
- Eron bilan o'yin haqida? Birinchi navbatda terma jamoamizga omad tilayman. Kim Eronni yutgan, kim yutqazgan bu ahamiyatsiz. Barchamiz g'alaba kutmoqdamiz. "Ozodi"da 100 ming ishqiboz qarshisida o'ynash bu oson ish emas. Bu o'yin eronliklar uchun finalga teng. O'yin juda og'ir va asabiy ruhda o'tadi.

Lekin bu futbol. Futbol bu avvalo jamoaviy o'yin. Har bir jamoada futbolchilar orasida bo'shliqlar paydo bo'ladi. SHundan unumli foydalanish kerak. Terma jamoamiz futbolchilari o'z harakatlari orqali Eronni xato qilishga majbur etishi va birgina imkoniyatdan ham samarali foydalanmog'i kerak. SHunda ularni mehmonda ham mag'lubiyatga uchratsa bo'ladi. Men bunga ishonaman.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика