So’nggi yangiliklar

17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  1 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  0 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  85 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  99

Mirjalol Qosimov: “O'yin durangga mos edi, ammo...” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “O'yin durangga mos edi, ammo...”

“Qizilqum”- “Bunyodkor” (0:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab toshkentliklar ustozi Mirjalol QOSIMOV ishtirok etdi.

-Uchrashuv qiyin kechdi. “Qizilqum” yaxshi, tajribali futbolchilardan tashkil topgan. Jamoa qarshi hujumda harakat qilib, gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarag ega bo'ldi. Oldingi chiziqda Sidorov havodagi kurashda himoyachilarimizga qiyinchilik tug'dirdi. Qolaversa, bo'lim oxirida Doniyor Usmonovning zarbasi golga aylanmay qoldi va darvoza ustuniga tegdi. Fikrimcha, shogirdlarim ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib o'zimiz kutgan o'yinni namoyish eta boshlashdi va o'yin oxirida gol urib, g'alabaga erishdik. Umuman bugungi o'yin durangga mos edi. Bugungi uchrashuv  tarixga aylandi va biz keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim.

-Ikkinchi bo'lim o'rtasida “Qizilqum”ning etakchi futbolchisi Grigalashvili maydonni tark etgach, mezbonlarning o'yini biroz susaydi. Jamoangiz aynan o'sha daqiqalardan tashabbusni o'z qo'liga olishni boshladi..

-Haqiqatan ham ularda birinchi bo'limda gol urish uchun imkoniyat bo'ldi. Ayniqsa, o'sha Usmonovning zarbasi golga aylanganda, hisob boshqacha ko'rinish olishi aniq edi. Qolaversa, bugun “Qizilqum”ning etakchi futbochlisi Erkin Boydullaevning maydonda yo'qligi ham baribir jamoa o'yiniga o'z tasirini o'tkazdi. Mezbonlarda  o'yinni boshqara oladigan futbolchi etishmadi. Biz garchi to'p bilan muomalada ustunlik qilgan bo'lsakda, bu birinchi bo'limda samara keltirmadi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика