Mirjalol Qosimov OKMK bosh murabbiyi sifatida tarixda ilk marta "Paxtakor"ni mag'lub qildi
21 iyu 2024 22:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/794382_original.jpg)
![](/upload/storage/794382_220.jpg)
Mirjalol Qosimov OKMK bosh murabbiyi sifatida tarixda ilk marta "Paxtakor"ni mag'lub qildi
Bunga qadar murabbiy "Paxtakor"ga qarshi durang va mag'lubiyatlar qayd etgandi.
OKMK klubi Superliga 12-turida o'z uyida "Paxtakor"ni (4:2) mag'lubiyatga uchratdi. Bu g'alaba Mirjalol Qosimov uchun OKMK bosh murabbiyligiga kelganidan beri "Paxtakor" ustidan qozonilgan ilk g'alaba hisoblanadi. OKMKga Qosimov murabbiy bo'lganidan beri jamoa "Paxtakor"ga qarshi 10 ta mag'lubiyat va 3 ta durang qayd etgandi.
Bugungi g'alabaga qadar OKMK oxirgi marta "Paxtakor"ni 2017 yilda mag'lubiyatga uchratgandi.
Malumot uchun, Mirjalol Qosimov 2019 yilning boshidan beri OKMK bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib keladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar