So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Mirjalol Qosimov: "OCHLni hisobga olmaganda mavsumni yaxshi o'tkazdik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "OCHLni hisobga olmaganda mavsumni yaxshi o'tkazdik"

Coca Cola Superliganing 26-turida "Nasaf" bilan durangdan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirdi.




- G'alabani juda istagandik. CHempionatni chiroyli yakunlamoqchi edik. Yil davomida ko'plab o'yinlar o'tkazdik, ko'p asabiylashdik. CHempionat tugashi arafasida barcha charchagan edi. Hamma dam olishi kerak. SHunday bo'lsa-da, ikkinchi o'rinni olishimiga imkon bor edi. Fursatdan foydalanib, futbolchilarga, muxlislarga o'z minnatdorchiligimni billiraman. 4-dekabrda bitta o'yinimiz qoldi, keyin barchamiz dam olishimiz kerak. Bugun qiziqarli o'yin bo'ldi, sariq, qizil kartochkalarni ko'rdik. Lekin durang natijaga erishdik. O'tgan yilgi natija qayd etilmadi. Endi miyani sal dam oldirish kerak.

- OKMK - "Nasaf" o'yinida hakamlik borasida qiziqarli holatlar bo'ladi. O'tgan yili OKMKning goli hisoblanmasdan, "Nasaf"ga penalti berilgandi. Bugun esa bir vaziyatda ikkita qizil. Bu haqida fikringiz.

- Bu ularning qarori, ularning reglamenti bor. Bizning vazifamiz esa futbol o'ynash. Lekin doimo shunday holatlardan ham o'tish kerak ekan. Kelajakda shunday savollar qaytarilmasligi uchun bunday xatolar qilmasligimiz va raqibdan bir bosh ustun bo'lishimiz kerak.

- Jamoa mavsumni qanday o'tkazdi deya olasiz? Jamoaga barqarorlik etishmagani aniq. Yana nimalar etishmadi deb o'ylaysiz?

- CHempionatning o'zi qiziq o'tdi. OKMKning beqaror mavsum o'tkazishiga sabablar ko'p. Ikkinchi davra mobaynida deyarli 70 foiz futbolchilarim menga yordam bera olishmadi. Bugun ham zaxira o'rindig'imizda yoshlar o'tirdi. Jarohatlar sababli kerakli paytda o'yinni kuchaytira olmadik. Hozir bitta fikr - mavsumni tugatib olishimiz va qaerda qanday xatolar qilganimizni tushunishimiz kerak. Umuman olganda bugun ham 2-o'rin uchun imkoniyatimiz bor. SHu sababli bu savolga birdaniga javob berish qiyin. Menimcha OCHLni hisobga olmasak, mavsumni yomon o'tkazmadik. CHempionatda ham, kubokda finalga chiqdik. Eng keraklisi, muxlislarbop o'yin namoyish qila oldik.

- Navbatdagi mavsum uchun rejalar qanday? Eshitishimizga ko'ra, jamoaning bir qancha futbolchilari ketishi mumkin ekan.

- Buni vaqt ko'rsatadi. 4 dekabrda o'yinimiz bor, qolaversa bir qancha futbolchilarning shartnomalari tugamoqda. Iroqqa borib kelaylik, barchasini o'ylab ko'ramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика