So’nggi yangiliklar

12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  4

Mirjalol Qosimov: "Natijadan ham o'yindan ham qoniqdim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Natijadan ham o'yindan ham qoniqdim"

Superliganing 25-turi doirasida "Paxtakor" - OKMK o'yini yakunlanganidan keyin olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.


- Milliy terma jamoamiz saralash o'yinlarida ishtirok etishi sababli o'yin amaliyoti biroz etishmadi. SHundan biz qo'rqqandik. O'yinga keladigan bo'lsak, "Paxtakor" ham yigitlarim ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Eng keraklisi, natijadan qoniqdim. O'yin kurashlarga boy bo'ldi. Ochko esa suv va havodek muhim edi. O'tgan 4 o'yin davomida yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayotgandik. "Paxtakor" nomdor jamoa, qolaversa, kelajagi porloq yoshlar etishib chiqadi. Ular yaxshigina qarshilik ko'rsatishdi. Biz esa eng keraklisi - natijaga erishdik. O'yin esdan chiqadi, natija qoladi. Qolaversa, mavsum yakuni, barcha charchagan, asabiy. Yigitlar esa shunga qaramay turib bera olishdi. SHu boisdan o'yindan ham natijadan ham qoniqdim desam bo'ladi. Fursatdan foydalanib, shu erga kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorlik bildiraman.

- O'zingiz aytgansiz, mavsum yakunidagi o'yinlarda futbolchilarda "jamadon kayfiyati" bo'ladi. SHunday paytda futbolchilarni ruhan va jismonan tayyorlash qanday kechadi?

- Bunga jiddiy qarash kerak. Xavotirga solgan narsa - ikki haftalik tanaffus ham yigitlarni ritmdan chiqarishi mumkin. Siz aytayotgan narsa ruhiy holatga bog'liq. Birinchi davrani oxirgi o'yinidan keyin bir oy damga chiqqandik. O'shanda Qarshida "Qizilqum"ga yutqazgandik, shunda ko'p narsalar ko'ringandi. O'shanda ayrim futbolchilardagi "jamadon kayfiyati" tasirini o'tkazgandi. Ha, bu kichik detal sifatida ko'rinishi mumkin, lekin bu ham o'z tasirini ko'rsatadi, shuningdek, xis-hayojon ham. Bir vaziyatni eslasak, o'shanda Javohir oddiy holatda xato qilgandi. Biroq u bunday xatolar qilmasdi. Unga hayajonlandingmi, deb savol berdim. O'sha paytda uning hayajonlangani ko'ringandi.

- OKMK bosh murabbiyi bo'lganingizdan beri ilk marta "Paxtakor"ni ikkala o'yinda ham mag'lub qildingiz. "Paxtakor"ni yuta olish immuniteti shakllandimi?

- Yo'q, bunday deyish kerak emas. Statistikaga qaramaslik kerak. O'tgan yili "Paxtakor" maydonida 2:1 hisobida mag'lub bo'layotganimizda Ruben raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib borgandi, lekin gol ura olmagandi. Bu futbol. Aytyapman-ku, o'tgan 4 o'yinda juda ko'p vaziyatlar yaratdik, lekin bulardan foydalana olmadik. Oxirigacha kurashdik. "Neftchi"dagi o'yinda esa standartdan gol o'tkazib yubordik, vaziyatlarimizdan gol ura olmadik. "Olimpik" bilan o'yinda esa 4-5ta yaqqol vaziyatlar bo'ldi. Xursand qiladigan narsa, oxirigacha kurashyapmiz. Muxlislar esa bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. Yutqamaydigan jamoaning o'zi yo'q. Lekin o'yinni oxirigacha o'ynab qo'yishni yaxshi hislat deb o'ylayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика