So’nggi yangiliklar

10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  0 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  2 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  4 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  3 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  7 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  23 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  11 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  44 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  81 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  133 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1047

Mirjalol Qosimov: “Nasaf” qarshi hujumlar evaziga natijaga erishdi” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Nasaf” qarshi hujumlar evaziga natijaga erishdi”

Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Nasaf”-OKMK (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Birinchi navbatda “Nasaf” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Har ikki jamoa uchun ham muhim o'yin edi. “Nasaf” qarshi hujumda juda yaxshi harakat qiladi. Ular o'yin boshida shu uslubdan unumli foydalanishdi. “Nasaf” ko'proq qarshi hujumda o'ynab, natijaga erishdi. Kuchli bosimga duch kelmadik deb o'ylayman.


- Bugun har ikki jamoa ham muxlislarga yoqadigan tomoshabop futbol namoyish etib berdi. OKMK hozirda chempionlik uchun davogar klublardan sanaladi. Jamoaga chempionlik uchun nima etishmayapti deb o'ylaysiz?


- Bir gap bilan tarif berish qiyin. Qarshi hujumda gol o'tkazib yuborish mumkin emas. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish kerak. Bugun yuta olmadik, ko'rsatgan o'yinimiz muxlislarga yoqqan bo'lsa, bundan xursandmiz.


- Jamoangiz so'ngi daqiqalarda  gol urgan o'yinlar bo'ldi. Natija uchun jiddiy kurashadi. SHu kabi vaziyatlarga izox bersangiz?


- Futbolda har-xil kutilmagan vaziyatlar bo'ladi. Muxlislar hurmati uchun ham oxirigacha o'ynashimiz lozim. O'sha pandemiya davrida muxlislarsiz o'ynadik, futbol aslidek bo'lmadi. Futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz. 


- “Surxon”ga qarshi uchrashuvdan so'ng “Nasaf”ga qarshi o'yin jamoangiz uchun chempionlik yo'lidagi oxirgi imkoniyat ekanini aytib o'tgansiz. SHunga ko'ra, OKMK chempionlik poygasidan chiqib ketdimi?


- Yo'q, imkoniyat bor edi, intirigani saqlab qolmoqchi edi. Oldinda 7 ta tur bor, oxirigacha kurashib, keyin chempionat yakuni haqida o'ylashimiz kerak.


- Penalti bilan bog'liq qaror haqida fikringiz?


- Endi bu vaziyatni takror ko'rib chiqish kerak. Oybekning o'zi ham kiyinish xonasida ajablanib o'tiribdi. Bir narsa deya olmayman. O'sha vaziyatni ko'rmay qoldim, o'girilib turgan vaqtimda sodir bo'ldi. Tekkan yoki tegmagani, har kimning o'z vijdoniga havola.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика