So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

Mirjalol Qosimov: Namanganda "Navbahor"ga qarshi uchrashuvlar doim shiddatli va qiziqarli kechadi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Namanganda "Navbahor"ga qarshi uchrashuvlar doim shiddatli va qiziqarli kechadi

"Navbahor" - AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Har doim takidlab kelganman, Namanganda "Navbahor"ga qarshi uchrashuvlar doim shiddatli va qiziqarli kechadi. Namanganda g'alaba qozonish oson emas. CHunki bu jamoani haqiqiy va ashaddiy muxlislari maydonda ularga 12-o'yinchiga aylanadi. Bunday ajoyib muhit nafaqat mezbonlarga, balki raqib sifatida bizga ham qiziq hamda yoqimli. O'ylaymanki, stadionga kelgan ishqibozlar shiddatli va yuqori tempdagi futbolni tomosha qilishdi. O'yindagi durang natijasi ham adolatli bo'ldi.

Fursatdan foydalanib olmaliqlik futbol muxlislarini AGMK jamoasining sovrindor bo'lgani bilan tabriklayman. SHuningdek, futbolchilarga va shtabdagi murabbiy hamda barcha personallarga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, kombinatda ishlaydigan barchani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Qorovuldan tortib rahbariyatgacha o'z minnatdorchiligimni bildiraman. O'tgan yili natija yaxshi bo'lmaganiga qaramasdan rahbariyat ishonch bildirgani uchun tashakkur aytaman. O'ylaymanki, bu avvalambor ularning yutug'i. SHu boisdan  o'zim va futbolchilar nomidan rahbariyatga katta rahmat aytaman.

O'zbekiston kubogi finali Namanganda o'tadi. SHu boisdan ham mazkur musobaqa doirasida yana Namanganga kelish niyatimiz bor".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика