So’nggi yangiliklar

20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  0 20:00"Қизилқум" — "Машъал" 0:0 (Матнли транслация)  2 19:20"Брентфорд" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  6 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  29 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  61 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  6 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  64 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  1 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  5 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  7 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  6

Mirjalol Qosimov: "Maydonda ikkita bir-biriga mos jamoa kurash olib bordi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Maydonda ikkita bir-biriga mos jamoa kurash olib bordi"

Bugun bo'lib o'tgan AGMK - "Navbahor" bahsidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.



Bunda ishtirok etgan AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Ikkita bir-biriga munosib jamoa kurash olib bordi. Birinchi taymda "Navbahor" yaxshi o'yin ko'rsatdi va ikkinchi bo'limda biz kuchliroq harakat qildik. Natijada bahs 1:1 hisobida yakun topdi. O'ylaymanki, o'yin ko'pchilikka yoqdi. Fursatdan foydalanib yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, chunki futbolchilarimiz oxirigacha kurash olib borishdi. Vaholanki yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.


- Oxirgi uchta turdan beri negadir AGMKning birinchi bo'limda o'yini chiqmayotgandek?

- "Lokomotiv" bilan kechgan bahsda har ikki bo'limda yaxshi harakat qildik deb o'ylayman. Endi o'yin bilan o'yinning farqi bor. Masalan, ECHL finalida "Bavariya"ning ham birinchi taymda o'yini qovushmadi, PSJ yutib ketishi ham mumkin edi. Bugungi bahsda ikkinchi taymdagi harakatlarimiz yaxshi chiqdi. Qolaversa taktikamiz ham ish berdi.


- 1:1 natijasini sensaciya desa bo'ladimi?

- Bunday demagan bo'lardim. Aytib o'tganimdek, ikkita bir-biriga mos jamoa kurash olib bordi. Futbol shunisi bilan qiziq. Goh yutishing, goh yutqazib qo'yishing mumkin. Bugun esa durang qayd etildi. To'g'ri, bugun raqib safida G'ofurov, G'ulomov kabi futbolchilar o'ynamadi, lekin "Navbahor" tarkibi baribir kuchli edi. 


- Akmal SHorahmedov maydonga tushmagani sababi nimada? 

- Qisqa fursat ichida o'yinlar o'tkazyapmiz, buning natijasida tarkibda rotaciya amalga oshyapti. SHu bois bugun SHorahmedovga dam berdik. Qolaversa ko'p futbolchilarimiz kasal bo'lib tuzalishdi ham. Safimizda 11-12 nafar futbolchi kasal bo'lib qoldi. SHu bois ko'pchilik hali 90 daqiqaga tayyor emas.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика