So’nggi yangiliklar

10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  3 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  1 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  2 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  4 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1

Mirjalol Qosimov: Kelasi yili OCHLda yana ko'rishamiz degan umiddaman Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Kelasi yili OCHLda yana ko'rishamiz degan umiddaman

"Istiqlol"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Yovan Jokich ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: "O'yin kutilganidek qiziqarli va shiddatli o'tdi. Buni kechagi matbuot anjumanida ham takidlab o'tgandim. Kecha aytganimdek, AGMK muxlislar uchun g'alabaga o'ynadi va jamoa g'ururini himoya qilish uchun ham kurashdi. AGMK musobaqa davomida jamoamizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiradi. Biz birgina muxlis bizga ishqibozlik qilsa ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Albatta bugungi bahs ham og'ir bo'ldi. Fursatdan foydalanib, "Istiqlol" klubini pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan jamoamiz nomidan tabriklayman.

Biz joylashgan "kvartet" juda kuchli guruh edi. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Xattoki "Al Hilol"dek kuchli jamoaning taqdiri boshqa guruhdagi o'yinga bog'lanib qoldi.

Musobaqani yuqori darajada tashkil etgan mutasaddilarga minnatdorchilik bildiraman. Hayot esa davom etadi. Endi bor etiborni ichki chempionatga qaratamiz. Xudo xohlasa bu yil chempionatda yaxshi harakat qilsak, Insha Alloh kelasi mavsumda yana OCHL musobaqasida ko'rishamiz, degan umiddaman". 

— Deyarli 3 hafta davomida zich taqvimda 6ta uchrashuv o'tkazildi. SHunday bo'lsada futbolchilarning harakatidan qoniqdingizmi?

— Biz o'yinlarni tahlil qilib chiqamiz. Buning uchun bizga biroz vaqt kerak. Fursatdan foydalanib futbolchilarga rahmat aytaman hamda ularga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilar har qanday holatda ham oxirigacha kurashishdi. Bizni chempionat o'yinlari kutmoqda. Dam olishga vaqt yo'q. Lekin shunga qaramasdan yigitlar bo'lajak o'yinlarga tayyor. Biz jiddiy guruhdan o'rin olib, kuchli jamoalar bilan o'ynadik hamda bu futbolchilarga o'ziga xos maktab bo'ldi va ushbu musobaqa ularni kelajakda o'sishlariga yordam beradi, deb o'ylayman.

— Jamoaingizdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berdingiz. Xususan yosh futbolchilar ham maydonga tushishdi. Bu jihat ularga kelajakda as qotadimi?

— Albatta bu as qotadi. Bunday nufuzli musobaqada kuchli jamoalar bilan bellashish, kurashish ularga kelajakda futbolchi sifatida o'sishlariga yordam beradi. Ular ham musobaqadagi ishtirokidan to'g'ri xulosa qilib, qaerga intilish kerakligini tushunib olishadi, deb o'ylayman. Sport bu kurashish degani. Doim yuqoriga kurashib, cho'qqiga intilish kerak.


Yovan Jokich: "Afsuski guruhdan chiqolmadik. Bu futbol. Kelasi yili yana OCHL guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. Endilikda bizni chempionat kutmoqda va barcha diqqat-etiborni Superligada yaxshi ishtirok etishga qaratamiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика