So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Mirjalol Qosimov: "Hayotimda bunaqasi birinchi marta sodir bo'lyapti" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hayotimda bunaqasi birinchi marta sodir bo'lyapti"

OCHL guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvidan (1:2) so'ng mezbon jamoa ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: "Judayam tushunarsiz holat. Bahsni juda yomon boshladik. Ilk daqiqalardan gol o'tkazib yuborish juda alamli bo'ldi. Butun uchrashuv davomida bor-yo'g'i 10-15 daqiqa futbol o'ynadik. Hayotimda bunaqasi birinchi marta sodir bo'lyapti. Futbolda 1 taym yaxshi o'ynashning o'zi etarli emas. Bir necha kun oldin "Paxtakor"ga qarshi ko'rsatgan o'yinimizning 10%ni ham namoyish eta olmadik. Buni o'rganib chiqish lozim. Maydonga tushgan futbolchilarning ko'pchiligida o'yin qovushmadi. Bu bahona emas, o'rganib chiqamiz. Qo'pol xatolarimiz gol bilan jazolandi".

- CHempionlar ligasi bu mavsumdan kuz-bahor tizimiga o'tdi. Avvalgi tizimda jamoalarimiz endi mavsumga kirishdi, chunki O'zbekistonda futbol bahordan boshlanadi deyishardi. Biroq hozirchi, jamoangiz qanchalik tayyor?

- OKMK jismonan tayyor, biroq bu o'yinga tayyor emas. Bunaqasi bo'lishi mumkin emas... Maydonda bir yoki ikki nafar futbolchining o'yini chiqmay qolishi mumkin, ammo bugun hammada shunday bo'ldi. Balki futbolchilarimiz raqibni hayolan mag'lub etib bo'lgandir. O'rganib chiqamiz...


Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика