So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  17 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Mirjalol Qosimov hakamlar haqida nima dedi? Yangiliklar

Mirjalol Qosimov hakamlar haqida nima dedi?

"Bunyodkor" ustozi Mirjalol Qosimov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Juda ham shiddatli va jangovor o'yin bo'ldi. Uchrashuv derbiga xos kechdi. Muxlislar ham zerikib qolishmadi. Turnir jadvalidagi bu ikki jamoa yonma-yon turgani o'yinga bo'lgan qiziqishni oshirgandi. "Paxtakor" ishqibozlari uylariga yaxshi kayfiyatda ketadigan bo'lishdi.

Men esa natijadan qoniqqanim yo'q. Aslini olganda o'yin durangga mos bo'ldi. Har ikkala tomonda juda ham qiziqparli vaziyatlar bo'ldi. Nima desa bo'ladi, yutqazdik... Endi bu tarix. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

Bugungi o'yinda tezkor qarshi hujumda o'ynashni takidlagandim. Yaxshi himoyalanib, tezkor qarshi hujumda o'ynashni rejalashtirgandik. "Paxtakor" yaxshi saviyadagi raqib, bugun futbolchilarga maydonning ikkinchi hududida raqibni qarshi olib, kutilmaganda tezkor qarshi hujumlarda harakat qilishimiz kerak edi. Bazi vaziyatlarda ushbu ko'rsatma asosida yaxshi harakatlandik. Ammo futbol gol bilan qiziq. Gol ura olmadik, demak o'yinimiz chiqmadi, deb o'ylayman.

- Xohlasak-xohlamasak hakamlar mavzusiga to'xtalamiz. Bugungi o'yindagi hakamlik borasida sizning fikringiz qanday?

- Nima desam bo'ladi, qaysidir manoda bugungi hakamlik o'yinga xalaqit qildi, deb o'ylayman. Bu savolni Hakamlar qo'mitasiga qoldirganimiz maqul. Men o'zimni jamoam bilan shug'ullanaman. SHunisi to'g'ri bo'ladi. Bu o'yinni endi ortga qaytarib bo'lmaydi.

- Nega Murod Zuhurovga emas, Suhrob Sultonovga ishonch bildirdingiz?

- Menimcha, Sultonov yomon harakat qilgani yo'q. Bizda sog'lom raqobat. Har ikkala darvozabonga ham imkoniyat beraman: 3-4 o'yin Sultonov darvozani qo'riqlayotgan bo'lsa, keyingi 3-4 bellashuvda Zuhurovga imkoniyat beryapmiz. Sultonov bugun darvozani yaxshi qo'riqladi. Faqatgina birgina vaziyatda to'pga chiqishda xato o'ynadi. Hamma xato qiladi. Hakamlar ham xato qilishi mumkin, futbolchilar ham xato qilishadi.

- "Paxtakor"da yaxshi legionerlar bor. "Bunyodkor" esa legionerlarsiz harakat qildi. Bugungi o'yindan kelib chiqib, jamoamga legionerlar kerak, degan xulosaga keldingizmi?

- Hamma kurpasiga qarab oyoq uzatadi. Qolaversa jamoani oldiga qanday maqsad qo'yilganiga bog'liq. Legionerlarsiz ham o'ynasa bo'ladi. Ammo jamoani oldiga jiddiy vazifa qo'yiladigan bo'lsa, unda albatta kuchli legionerlar kerak. Har bir murabbiy o'z jamoasida yaxshi saviyadagi legionerlarni ko'rgisi keladi. Bu narsa ko'proq maqsad va vazifaga ham bog'liq.

Reyting: +76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика