Mirjalol Qosimov: "Futbolda raqibni tanlash kerak emas"
13 apr 19:51
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Futbolda raqibni tanlash kerak emas"
"O'yin yaxshi taassurot qoldirdi. Biz uchun juda-juda qiyin o'yin bo'ldi. Uchrashuvdan oldin raqibni mensimay maydonga tushish to'g'rimasligini uqtirgandim. Bu ruhiyat bilan bog'liqmi bilmayman. "Arsenal" Chempionlar ligasida qanaqa o'ynadiyu, APLda durang o'ynab qo'ydi. Har bir bahsga tayyor bo'lish shart. Raqibni tanlash kerak emas.
Avvalo biz muxlislar uchun o'ynaymiz, stadionga kelganlar o'z jamoasining o'yinidan zavq olib uyiga qaytishi kerak. "Dinamo" bilan uchrashuv birinchi taymida yaxshi o'ynay olmadik deb o'ylagandim. Aslida bugungi bahsga ruhan tayyor bo'la olmagan ekanmiz. Futbolda oxirgi soniyagacha o'ynash shart.
"Xorazm"ni yaxshi o'rganib chiqqandik, to'p bilan muomala qilishda ustunlikka erisha oladigan jamoa. Bugun o'yinimiz yaxshi chiqmadi, "Mersedes Benz"da ham bitta detal ishdan chiqsa bu "Mersedes Benz" bo'lmay qoladi. Bitta esda qolarli vaziyat oxirgi 10-15 daqiqalik va g'alaba goli.
Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz, nasib qilsa keyingi bahslarda bundan yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz", - dedi Mirjalol Qosimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar