So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilar ham bo'sh stadionlarda emas, muxislar to'la stadionlarda jonini berib o'ynagisi keladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilar ham bo'sh stadionlarda emas, muxislar to'la stadionlarda jonini berib o'ynagisi keladi"

Ayni paytda “Bunyodkor” futbol klubini boshqarayotgan taniqli futbol mutaxassisi Mirjalol Qosimov milliy chempionatimizni kuchaytirish bo'yicha O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Albatta, O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday o'zgarishlarni to'g'ri deb o'ylayman. Avvalambor, biz futbolchilar va murabbiylar futbolimiz rivoji uchun xizmat qilamiz. Qolaversa muxlislar uchun o'ynaymiz. Futbolchilar ham bo'sh stadionlarda emas, muxislar to'la stadionlarda jonini berib o'ynagisi keladi. Milliy chempionatimizda raqobatbardosh jamoalar qolib, shiddatli o'yinlar ko'proq bo'lsa, bundan faqat futbolimiz yutadi. Qolaversa, bu islohotlar, o'zgarishlarning zamirida Milliy terma jamoaga kuchli futbolchilar etkazib berish maqsadi ham yotibdi. Milliy chempionatimiz kuchaysa, o'z-o'zidan terma jamoalarimiz ham kuchayadi.

Milliy chempionatimiz kuchaysa, o'z-o'zidan terma jamoalarimiz ham kuchayadi


O'zbekiston Professional Futbol Ligasi O'FF va PFL tashkil qiladigan musobaqalarda ishtirok etish uchun professional futbol klublariga qo'yiladigan talablarni kuchaytirdi. Ushbu talablar stadionlarda barcha shart-sharoitlarning mavjud bo'lishi, futbol maydonlarining sifati yaxshilanishi, yoritish uskunalarining belgilangan holatda bo'lishi kabi jihatlardan iborat. Bu qarorlar ham futbolimiz rivojiga hissa qo'shishiga shubha yo'q”.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика