So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 2:0 (матнли трансляция)  36 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Mirjalol Qosimov: "Finalda g'alaba qozonsak, mukofot pullarining bir qismini bolalar uyiga ehson qilamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Finalda g'alaba qozonsak, mukofot pullarining bir qismini bolalar uyiga ehson qilamiz"

O'zbekiston Kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida OKMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, futbolchilar Martin Boake va Xurshid G'iyosov ishtirok etishdi.


"Finalga tayyorgarlik davom etmoqda. Ertangi uchrashuvda muxlislar yutadi deb o'ylayman. Final juda muhim uchrashuv va bor-yo'g'i bitta o'yindan iborat. Ikkinchi imkoniyat berilmaydi. Kubokni qo'lga kiritsak, keyingi mavsum Osiyo CHempionlar Ligasiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritamiz. Bu – bizning asosiy motivaciyamiz", – dedi Qosimov.



"Ertaga jamoam uchun juda muhim uchrashuv. Ertangi final men uchun o'zgacha qadrga ega, sababi O'zbekiston Kubok finalidagi birinchi ishtirokim bo'ladi. Ertaga maydonga jang bo'ladi", – dedi Boake.



"Finalga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Barchasi alo darajada, faqat chiroyli o'yin namoyish etsak bo'ldi", – dedi G'iyosov.



- Mirjalol Qo'shoqovich, jamoangizning hozirgi holati haqida nima deya olasiz? Yo'qotishlar bormi? 

- O'z ustimizda ishlashda davom etmoqdamiz. Muammolarimiz va jarohatlanganlar bor, ammo biz ertangi uchrashuvga tayyormiz.

- Erondagi mag'lubiyatdan keyin jamoaning ruhiy holati haqida gapirib o'tsangiz...

- Bu ham bir sinov. Bunday uchrashuvlar futbolda uchrab turadi. Men nimaga shama qilayotganingizni tushundim. Bunday mag'lubiyatlar futbolda uchrab turadi. Masalan, JCH-2014da Braziliya sharmandali mag'lubiyatga uchragan. Men o'sha uchrashuvni stadiondan turib kuzatgan edim. Kecha ECHLda "Seltik" ham yirik hisobda mag'lub bo'ldi, masalan. O'sha uchrashuvda kutilmagan vaziyatda futbolchimiz qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi. Ha, bunday mag'lubiyatlar yaxshi holat emas, biroq hozir jamoada ruhiyat yaxshi. O'tgan uchrashuv tarixga aylanib ulgurdi va biz tarixdan joy oldik. Biz o'z oldimizga katta maqsadlar qo'yar ekanmiz, mag'lubiyatlarga tayyor bo'lishimiz kerak. Biz o'rtamiyona jamoa bo'lib yurishdan ko'ra grand jamoa bo'lishga intilyapmiz. Ushbu jarayonda bunday mag'lubiyatlar uchrab turishi tabiiy hol.



- "Nasaf"ni juda yaxshi bilasiz. Ertangi uchrashuvda sizdan qanday uslub kutsak bo'ladi? Hujumkor yoki himoyaviy?

- Final bahsiga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Ertangi uchrashuvda ochiq va hujumkor o'yin bo'lishi qiyin masala. Sababi bu final va uchrashuv taqdiri bitta vaziyat hal qilishi mumkin. Xatoning qiymati juda baland. SHu sababdan imkon qadar kamroq xatoga yo'l qo'yishga harakat qilamiz.

- O'zbekiston kubogi final bahsi doirasida Ro'ziqul Berdiev bilan ikki marotaba to'qnash kelgansiz. 2012, 2013 yilgi mavsumlarda va finalda ham siz g'olib bo'lgansiz. O'sha vaqt "Bunyodkor" grand jamoa edi va o'sha uchrashuvlarda favorit hisoblangan. Ertangi final oldidan esa mezbon "Nasaf" favorit. Ro'ziqul Berdievga qarshi uchchinchi Kubok finaliga qay holatda etib keldingiz?

- Men solishtirishni istamayman. Final har doim final bo'lgan. Avvalgi bahslarda g'alaba qozonganim yoqimli, albatta. Autsayder degan fikringizga qo'shilmayman, chunki maydon o'sha-o'sha, to'p bitta, darvozalar o'lchami bir xil. Ertaga faqat futbol o'ynash kerak xolos. Natija esa Yaratgandan.



- Ertaga OKMK g'alaba qozonsa, rahbariyat tomonidan qandaydir mukofot vada qilindimi?

- Finalda g'alaba qozonsak, mukofot pullarining bir qismini bolalar uyiga ehson qilamiz.

- Erondagi uchrashuvdan so'ng jamoa bugungi finalga qanday kayfiyatda keldi?

- O'tgan uchrashuv tarixga aylandi. Ertangi finalga o'zgacha motivaciya bilan etib keldik. Bu biz uchun oddiy hol, har bir uchrashuvdan oldin yaxshi kayfiyatda bo'lamiz.

- Martin Boakega savol. Siz "kayfiyat" futbolchisisiz. Ayrim uchrashuvlarda juda zo'r o'ynab yuborasiz, ayrim bahslarda esa maydonda umuman ko'rinmay qolasiz. Bunga sabab nima?

- Bu menga bog'liq narsa emas. Men o'z imkoniyatlardan maksimal foydalanishga harakat qilaman. Natija esa Yaratgandan. Gol urish yoki urmasligim esa Xudodan.



- Jamoangizda jarohatlanganlar ko'p, lekin Qarshiga barcha futbolchilarni olib keldingiz. Hamma futbolchilar jarohatdan forig' bo'lishga ulgurdimi yoki bunga boshqa sabab bormi?

- Hamma tuzalishga ulgurmadi. Final bir o'yindan iborat uchrashuv, ammo finalga qadar og'ir yo'l bosib o'tdik va finalgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tishga barcha futbolchilar o'z hissasini qo'shishgan. Ularni shu sabab Qarshiga olib keldim. Ertaga chempion bo'lsak, birga nishonlaymiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика