So’nggi yangiliklar

23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  1 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  3 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  18 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  161 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  2 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  7 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  7

Mirjalol Qosimov: "CHempionat uzoq davom etadi, 10 futbolchi bilan butun mavsumni o'tkazish og'ir" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "CHempionat uzoq davom etadi, 10 futbolchi bilan butun mavsumni o'tkazish og'ir"

Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan AGMK - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Barcha jurnalistlarni kasb bayramlari bilan tabriklayman. Ular orqali yangiliklarni kuzatib boramiz. Ishlariga rivoj, sog'liq tilayman va o'ylagan niyatlariga etib yurishsin", - deydi Mirjalol Qosimov.

- Bugun tarkibda rotatciya juda ko'p bo'ldi. Bunga taqvimning zichiligi sababmi?

- "Mashal"ni o'rganib chiqqanimizda safarda ikkinchi raqam ostida o'ynashlarini taxmin qilgandik. Jamoadan kelib chiqib, issiq havoga qarab, taqvimga ham qarab rotatciya qilindi. CHempionat uzoq davom etadi, 10 futbolchi bilan butun mavsumni o'tkazish og'ir. Bunday jamoalarga qarshi o'yinlarda himoyani yorib o'tish uchun katta kuch kerak bo'ladi. Bugungi qarorimiz o'zini oqladi deb o'ylayman.

Raqib besh nafar himoyachi bilan o'ynadi, himoyani yorib o'tish qiyin bo'ldi. Yigitlar birinchi taymda shijoat bilan harakat qilishdi. Futbolchilarim tezroq gol urishga intilishdi va biroz shoshilishdi.

- Restartdan keyin AGMK uchala o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozondi. To'g'ri barchasida 3 ochko oldinglar, ammo kam gol urish qaysidir o'yinda pand berib qo'ymasmikin?

- Bu futbol. Oldindan bilib bo'lmaydi. Qaysidir yil Italiya terma jamoasi guruh bosqichida uchta durang o'ynab guruhdan chiqqandi. Biz ham ko'p gol urishni istaymiz, vaziyatlar bor, ulardan foydalanishni o'stirishimiz kerak. Mana yaqinda "Sochi" "Rostov"ga 10ta gol urdi, ammo ularga ham 3 ochko berildi-ku.

- Jamoa asosiy futbolchilaridan biri Elguja Grigalashvili bugun maydonga tusha olmadi. Uning jarohati qay darajada jiddiy?

- Belgida kichik jarohati bor. Hozirda davolanmoqda.

- "Nasaf" bilan o'yinda maydonga qaytishi mumkinmi?
- Menimcha qiyin.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика