So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Mirjalol Qosimov: "CHempionat o'zining qizg'in pallasiga kirdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "CHempionat o'zining qizg'in pallasiga kirdi"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" – AGMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Juda ham og'ir o'yin bo'ldi. CHempionat o'zining qizg'in pallasiga kirdi, chunki yuqori o'rinlar uchun ham, ligada jon saqlab qolish uchun ham kurash davom etyapti. Bahs qiziqarli, jangovar tarzda o'tdi. Qolaversa, uchrashuv yomg'ir ostida o'tgani tufayli tez suratlarda kechdi. O'ylaymanki, haqli ravishda g'alaba qozondik. Negaki birinchi tayming o'zida ko'plab golli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. "Metallurg" futbolchilariga qoyil qolish kerak, jamoa ochko qo'lga kiritish uchun jonni berib harakat qildi. Yomg'ir yog'ib turganiga qaramasdan, muxlislar ham sevimli jamoasini oxirigacha qo'llab-quvvatlab turdi. Fursatdan foydalanib, "Metallurg"ga omad tilab qolaman.

- AGMK hozircha 2-o'rinda turibdi. Jamoaning kumush medalni qo'lga kiritish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Zo'r imkoniyatga egamiz. Agar chempionat bugun to'xtatilsa, aynan 2-o'rinda qolamiz (kuladi). Hali o'yinlar oldinda, shunga harakat qilamiz. Maqsadimiz – muxlislarimizni shod etish. Har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, 2-o'rinni qo'lga kiritishga urinamiz.

- Timur Kapadze U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchun O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Unda chempionlikni qo'lga kiritgan AGMK U-21dan hech kim yo'q. SHu haqda qanday fikrdasiz?

- Yil boshida hamma jamoalardan futbolchilarni jalb qilishgan. "Olimpik"da bizning o'yinchimiz ham bor. "Olimpik" jamoasi bekorga tashkil etilmadi.

- Aleksandr Kasyanning bekor qilingan goli haqida...

- Aniq bilmayman, bir narsa deyish qiyin. O'yinda VAR ishladi va unda malakali mutaxassislar faoliyat ko'rsatishdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика