So’nggi yangiliklar

18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  1 17:56CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  12 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  0 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  10 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  3 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  5 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  45 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  8 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2

Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor" darvozaboni golli vaziyatlarda jamoasini qutqardi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bunyodkor" darvozaboni golli vaziyatlarda jamoasini qutqardi"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan OKMK - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Muhimi o'yinda o'zimiz istagan natijaga erishdik. Albatta o'ziga yarasha qiziqarli o'yin bo'ldi. Yomon harakat qilmadik. Dastlabki daqiqalarda imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. "Bunyodkor" yaxshi jamoa, har doim qiziqarli o'yin ko'rsatib keladi. CHetlatishdan keyin ham natija uchun harakat qilishdi. Muxlislarimizga qo'llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

- OKMK o'yinda ustunlikka ega bo'ldi. Lekin vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklar bordek.

- "Bunyodkor" posboni Sarvar Karimov o'yinda juda yaxshi harakat qildi. 2-3 ta yaqqol golli vaziyatlarni qutqara oldi. 

- Butun o'zbek futbolida vaziyatlardan foydalana olmaslik muammosiga ko'zga tashlanayapti. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Nasib qilgani bo'ladi. Bazan yo'q joydan gollar bo'ladi. Bazida esa yaqqol vaziyatlar golga aylanmay qoladi. Hujumchilar bo'yicha muammolarimiz bor. Daraxt eksang, hosil berishi kerak. 

- OKMK standart vaziyatlardan unumli foydalanib keladi. Bugun jamoangiz bu borada oqsagandek ko'rindi.

- Aytib o'tdim, ikkinchi bo'limda to'p darvoza ustuniga tegib qoldi. Balki gol bo'lib ketishi ham mumkin edi. Har bir vaziyat bo'yicha mashg'ulotlarda ishlaymiz.

- Ruben Sanches qo'ltiqtayoqda yuribdi. Uning jarohati shunchalik jiddiymi?

- U hozir ikkinchi jarohatni orttirib oldi. Futbolda uchrab turadigan holat. Yosh hujumchi Azizbek Xolmurodovga ham tanbeh berdim. Sababi u ham to'qnashuvdan keyin ozroq oqsab qoldi. Bu futbol, shashka yoki boshqa sport turi emas. Kurashlarga boy o'yin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика