So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  3 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  4 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

Mirjalol Qosimov: "Bunday havoda futbol o'ynash juda yoqimli" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bunday havoda futbol o'ynash juda yoqimli"

O'zbekiston Kubogida "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Barchani avvalo bayram bilan tabriklayman. Kubok o'yini baribir chempionat o'yinidan ajralib turadi. Bitta o'yin, unda yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Raqiblar bir-biriga mos edi. Ikki jamoa ham g'alaba uchun ochiq futbol namoyish qildi. O'yinning tempi ham tezligi ham yuqori bo'ldi. Stadionga o'yinni ko'rgani kelgan muxlislar vaziyatlar ko'pligidan sovub qolmadi deb o'ylayman. Biz o'yinda g'alaba uchun maydonga tushgandik. G'alaba bilan yigitlarni tabriklayman. Ular maydonda bor kuchini va mahoratini ko'rsatdi. SHu fursatdan foydalanib, jamoamiz muxlislarini ham tabriklab qolaman. Olmaliqdan kelib, bizga dalda berib turishibdi. Avvalambor, futbol muxlislar uchun o'ynaladi. SHu sababdan ularga minnatdorlik bildiraman. "Paxtakor"ning o'yinidan keyingi qurani kutamiz.


- O'zbek futbolida dekabr oyida futbol o'ynalishiga ko'nikmaganmiz. Bu futbolchilarning tayyorlanishiga, umuman olganda jismoniy tayyorgarligiga qanchalik darajada tasir o'tkazmoqda?
- Adashmasam, o'tgan yili "Paxtakor" bilan o'ynagandik dekabr oyida. Bu narsa o'zidan o'zi bo'lmadi. Pandemiya bo'lmaganida barchasi ertaroq yakunlanishi mumkin edi. Ha, murabbiylar va futbolchilar keyingi yilning rejalarini tuzib olish uchun ertaroq damga chiqib ketardi. Bu yil murabbiylarga oson bo'lmadi. CHunki juda ko'p tanaffuslar bo'ldi: milliy termani yig'inlari sabab, pandemiya tufayli. Yoz oyida chempionatni tugata olamizmi degan savollar ham bor edi. Ollohga shukurki, mavsumni ham tugatyapmiz. Buni fors-major deyishadi. O'tgan gal chempionat doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaganimizda havo harorati 8-10 daraja sovuq edi. O'yinlar orasidagi farq katta emas, shu sababdan futbolchilarni yaxshi tayyorlab borishga harakat qilyapmiz. CHunki futbolchilarning jismoniy holati bunday katta yuklamani ko'tara olmaydi. Ularni tezroq tiklanib olishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Qiyinchiliklar bo'lmadi, biroq bugungi havoda futbol o'ynash juda yoqimli.

- AGMK ushbu stadionda o'ynaganida o'tgan safar mag'lub bo'lgandi. Go'yoki jamoa ushbu mag'lubiyatni alamini olish uchun jon-jahdi bilan kurashdi.
- Yo'q, unday demagan bo'lardim. Muddatidan oldin bronza medallarga ega chiqdik. "Buxoro" bilan o'yindan oldin barchasi malum bo'lib ulgurgandi. SHunga qaramasdan, biz jangovar tarzda kurashib, bo'shashmasdan, chempionatni munosib tarzda yakunlab qo'ydik. Hech kimga hech qanday etiroz yo'q. Bu erda ham futbolchilar alamini olish uchun o'ynamadi. Bu ham yangi chempionat. Undagi har bir bahsda g'alabaga erishish kerak.


 

- Sanjar Tursunov almashtirish so'radi. Buning sababi nimada?
- Biroz og'riq his qildi. U keyingi o'yinga tayyor bo'lsa kerak. SHundan ham malumki, o'yinning tempi yuqori bo'lgan. Bobur Yo'ldoshev ham jarohat olib chiqib ketdi. Bu futbol, barchasi yonma-yon yuradi.

- Oxirgi paytlarda Xusniddin G'ofurov etakchi futbolchilardan biri bo'lib turibdi. U "Paxtakor"dan ijaraga olingan. Xusniddin tarkibda qoladimi?
- Qisqa qilib aytaman, jamoamda ko'rishni istayman.

- Kubokning navbatdagi bosqichida qaysi jamoa bilan tushishni istaysiz?
- Tushgani bilan o'ynayveramiz, xoh uyda xoh safarda bo'lsin.




Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика