So’nggi yangiliklar

18:25"Арсенал" мухлислари учун хушхабар  0 17:39"Насаф": Шароф Муҳитдинов билан шартнома узайтирилди  1 16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  5 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  0 14:5241 ёшли Тьяго Силва эркин агентга айланди  0 13:58Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ"  8 13:55Пауло Дибала энди "Рома"га керак эмас  3 13:22“Рома” Мадрид клуби ўйинчисини қишда ўзига жалб қилмоқчи  0 13:02TVCOM'да бугунги тақвим: OCTAGON 83 жанглари ва бошқалар  0 12:43Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади?  3 12:11МЮ ва "Ньюкасл" португалиялик ярим ҳимоячи учун кураш олиб боради  3 11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   6 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  1 10:49А Серия президенти: "Милан" — "Комо" учрашуви Австралияда ўтказилади  2

Mirjalol Qosimov: “Bugungi uchrashuvdagi o'yinimiz va natijamiz muxlislarga yoqdi deb o'ylayman” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Bugungi uchrashuvdagi o'yinimiz va natijamiz muxlislarga yoqdi deb o'ylayman”

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Al Arabi”ga qarshi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Kecha ham aytgandim, ikki jamoa ham guruh bosqichiga chiqish uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qildi. SHuning uchun ham bugungi uchrashuv ancha chiroyli va shiddatli o'tdi. Bugungi uchrashuv oson bo'lmadi. Bugungi uchrashuvdagi o'yinimiz va natijamiz muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Fursatdan foydalanib, “Navbahor” jamoasini guruh bosqichiga chiqqani bilan tabriklayman. 

“Al Arabi” yaxshi jamoa. Bugun shogirdlarim yaxshi harakat qildi, ular maydonda juda zich o'ynashdi va raqiblariga bugun hech qanday imkon bermadi deb o'ylayman. Qatar chempionati hali boshlanmagani bugungi uchrashuvda bilinib qoldi deb ham o'ylayman. Qaysidir manoda, shu narsa ham bizga foydali bo'ldi. Umuman olganda, “Al Arabi”ga Qatar chempionatida omad tilab qolaman.

 Stadion ajoyib, biz futbol o'ynaganimizda bunday sharoitlar yo'q edi. Biz 50 gradus issiqda o'ynagan bo'lsak, hozir Qatardagi stadionlarda kondicionerlar ishlamoqda. Barchasi ajoyib, ortiqcha tarif berish shart emas.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика