So’nggi yangiliklar

10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  2 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  14 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун таҳминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37

Mirjalol Qosimov: "Bugungi durangdan "Nasaf" foyda ko'rdi. Vaziyatlarimizdan foydalanmadik va jazolandik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bugungi durangdan "Nasaf" foyda ko'rdi. Vaziyatlarimizdan foydalanmadik va jazolandik"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - OKMK (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Asabiy o'yin bo'ldi. Jangovar durang qayd etildi. Biz ochko yo'qotdik va bundan "Nasaf" foyda ko'rdi. Bugungi bahs muxlislarga yoqdi deb o'ylayman, sababi ikki jamoa ham kurashdi. Murosasiz durang qayd etildi. Birinchi bo'limda Sanches va Dacilar birga-bir vaziyatlarga ega bo'lishdi. Ikkinchi bo'limda ham imkoniyatlarga ega bo'ldik. Gol urmasang, senga urishadi. Bu tabiiy hol. Endi ikki jamoaga ham ko'proq omad tilayman. CHempionat yakunlanishiga 5ta tur qoldi. Oldinda qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi.


- Ikki markaziy himoyachilar O'lmasaliev va Rahmonovlar bugun zaxiradan o'yinni boshlashdi. Markaziy himoyachilaringiz tarkibda bo'la turib, Giorgi Papava bugun markaziy himoyachi poziciyasida o'ynadi. Bu nima bilan bog'liq?


- O'lmasaliev hali jarohatidan to'liq tiklanib ulgurmadi. Biroz vaqt kerak. Bundan oldingi bahsda maydon markazida yo'qotishlarimiz bor edi. Bugun kuchli raqibga qarshi o'ynadik, hali to'liq tiklanib ulgurmagan futbolchini maydonga tashlash xavfli edi.


- Ikkinchi bo'limning 70-daqiqalaridan boshlab jamoangiz qarshi hujumlarga tayanib qoldi. Bu sizning ko'rsatmangiz edimi? Jamoangiz shu tarzda g'alaba saqlab qolmoqchi edimi?


- Yo'q. O'sha vaqtda biz 1:0 hisobida oldinda borayotgan edik. Oldinga o'tish ham juda muhim edi, lekin shunga qaramay ikkinchi bo'limning 30-daqiqalarida bir nechta vaziyatlarga ega bo'ldik, o'sha imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak edi. Uchinchi zonalarda pressing orqali to'pni bir necha marotaba olib qo'ydik ham. Yana bir gol urganimizda, vazifamizni ancha osonlashtirib olardik. Standart vaziyatlarda har narsa ro'y berishi mumkin va raqib aynan standart holatidan gol urdi. Bugun ikki jamoa ham g'alaba uchun o'ynadi. Avvalroq aytib o'tganimdek, bugun muxlislarga maqul keladigan o'yin bo'ldi. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Bugungi bahs tarixga aylandi, endi esa keyingi uchrashuvlar haqida bosh qotirishim kerak.


- Kleydi Daci yaxshi hujumchi ekanligi bilamiz, ammo Daci so'nggi 6ta uchrashuvda gol urmayapti. U to'pni yaxshi saqlay oladi va yaxshi kurashadi, biroq hujumchining asosiy vazifasi gol urish. Dacining gol ura olmayotganiga nima sabab bo'lmoqda?


- Kiyinish xonasida ham Daciga ushbu gaplarni aytdim. Hujumchi to'g'ri poziciya tanlashni ham bilishi kerak. Gol urish kerakligi aniq. Unga biroz dakki berdim. O'yin boshidagi vaziyatdan ham foydalanishi kerak edi. Bunday bahslarda ko'p imkoniyatlar bo'lmaydi, kerak bo'lsa yarimta vaziyatdan ham unumli foydalanish kerak. Men unga gapiryapman, lekin xulosa qilish uning ishi. Daci chempionatdagi dastlabki o'yinlardanoq gol ura boshlagandi. Hozir esa o'sha gollar yo'qolib qoldi. Uning yondashuvi o'zgargandir balki. U mashg'ulotlarda ishlamoqda, ammo hozircha natija yo'q. Mashg'ulotlarda darvozabon va Daci alohida ishlashmoqda. Tez orada gollar yana qaytishiga umid qilaman.


- Bugungi uchrashuvda o'zgarishlar kech amalga oshirildi. Dastlabki o'zgarish 86-daqiqada qayd etildi. Aynan o'sha vaziyatdan so'ng jamoangiz gol o'tkazib yubordi. OKMK jamoasi o'zgarishlar qilishda kechikmadimi?


- Bunga talab yo'q edi. O'yinda hech kim yomon taassurot o'yg'otmadi. Qaysidir futbolchining o'yinidan ko'nglim to'lmasa, uni tanaffusda ham almashtirishim mumkin. Buning hojati yo'q edi. Bunday holatlarda hamma har xil fikrlaydi.


- Bugungi durang "Nasaf"ga foydali bo'ldi dedingiz. Nima deb o'ylaysiz, Superligada "chempionlik intriga"si qoldimi?


- Ko'ramiz. Farq ikki ochko yoki uch ochkolik bo'lib ketishi ham mumkin.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика