So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  0 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  1 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  5 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  6 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Mirjalol Qosimov: "Bugun shogirdlarim muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishdi deb o'ylayman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bugun shogirdlarim muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishdi deb o'ylayman"

Osiyo chempionlar ligasi 5-tur OKMK - "Al Ittihod" (1:2) uchrashuvidan so'ng OKMK jamoasining bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

- Bizni qo'llab quvvatlagan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Mag'lub bo'lganimizga qaramay, shogirdlarim muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishdi.

- Oybek Rustamovning kutilmagan jarohati o'yinga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Bugun maydondan tashqarida ham jarohat olgan futbolchi bor ekan hatto. Yigitlar o'yinni yomon boshlashmadi. Birinchi o'tkazib yuborgan golimizni bartaraf etsak bo'lar edi. Maqsad bo'lmasa futbol o'ynash qiyin. Savolga keladigan bo'lsak, Oybek bugun tartibli o'ynayotgandi, ammo kutilmaganda jarohat oldi. Bu futbol, futbolda shunday bo'lib turadi

- Vitaliy Denisovning bugungi o'yiniga qanday baho berasiz. U bugun ko'p xatolarga yo'l qo'ydi menimcha.

- Bugun nafaqat Vitaliy, balki boshqa futbolchilarda ham hayajon sezildi. Oddiy vaziyatlarda to'p yuqotdiq. Hujum qiladigan vaziyatlarda ham to'pni ko'p ishlab yubordik. Bugungi o'yinda g'alaba qozonmagan bo'lsak ham, bugungi o'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman.

- Bugungi o'yin atrofidagi "ajiotaj" jamoaning zarariga ishladimi yoki foydasiga?

- Avvalambor bugungi uchrashuv katta bayram. Bunday yulduzlar olib kelish oson ish emas. Joriy mavsumdagi ishtirokimiz bizga katta malaka bo'ldi. Bugungi o'yin oldidan bo'lgan "ajiotaj" yaxshi holat. "Bunyodkor"da vaqtim "Ozodi" stadionida o'yin o'tkazgan edik va o'shanda 96 ming muxlis o'yinga tashrif buyurgan edi. Albatta bu quvonarli.

- O'yingacha futbolchilar bilan ruhiy jihatlama ishlashga vaqt bo'ldimi va Benzema kabi yulduzlarning bosimi qanchalik tasir o'tkazdi?

- Futbolchilarning o'zi bugun bilib olishdi. Ular bemalol har bir raqibga qarshi o'ynay olishadi. Baribir qaysidir manoda hayajon bo'ladi. Futbol o'ynagan insonlar buni bilishadi.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика