Mirjalol Qosimov: “Bugun haqli g'alabaga erishdik ”
12 may 2018 23:29
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: “Bugun haqli g'alabaga erishdik ”
O'yindan so'ng “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Rustam Ashurmatovlar matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Oxirgi turlarda juda qiyin o'yinlarni o'tkazdik. “Nasaf”ga qarshi bahsda juda ko'p kuch yo'qotdik. Qisqa muddat ichida “So'g'diyona”ga qarshi tayyorgarlik olib borish va shu bilan birga futbolchilarni ruxan tayyorlash zarur edi. O'yin og'ir kechdi. Raqiblar qarshi xujum taktikasini tanladi va besh himoyachi bilan o'ynadi. Bu esa bizga qiyinchilik tug'dirdi. 11 kishini yorib kirish oson emas. Futbolchilar maydonda yaxshi harakat qilishdi va 2 ta gol kiritib o'ylaymanki xaqli g'alabaga erishdik" - deydi Mirjalol Qosimov

"Hamma uchrashuvlar ham qiyin kechmoqda. Sergey Ivanovich jamoani yaxshi shakillantirgan. Raqiblar bizga qarshi juda yaxshi harakat qilishdi. Biz ham bo'sh kelmadik va o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishdik" - deydi Rustam Ashurmatov

“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar