So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  3 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Mirjalol Qosimov: "Bu - futbol, shaxmat emas. Katta marralarni zabt etishimiz uchun bunday holatlar bo'lib turishi kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bu - futbol, shaxmat emas. Katta marralarni zabt etishimiz uchun bunday holatlar bo'lib turishi kerak"

O'zbekiston kubogi finali doirasida bo'lib o'tgan AGMK - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirib o'tdi

"Mavsum yakunlangani bilan barchani tabriklayman. Og'ir yil bo'ldi. Finalda g'alaba qozonishni juda ham istagan edik. Lekin futbolni aldab bo'lmaydi. Raqib kuchli bo'lganiga qaramasdan birinchi bo'limda borlarini berishdi. O'yin davomida yaratilgan vaziyatdan foydalana olmadik. 

Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Birinchi bo'limda harakatlarimiz o'xshadi. Kichkina xatolar bo'lishi kerak emasligini kecha matbuot anjumanida ham aytib o'tgandim. "Paxtakor" qarshi hujumni golga aylantirdi, ikkinchi bo'lim boshida yana o'sha kichkina xato hisobiga to'p olib chiqdik. Bu xohlaymizmi yo'qmi yigitlarga ruhan tasir qildi. Bizga qarshi o'ynayotgan jamoaga esa aksincha ijobiy tasir qiladi. Uchinchi golda VAR orqali darvozamizga penalti belgilandi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz ham chiqmadi. Albatta, "Paxtakor" kuchli jamoa. Bejiz O'zbekiston chempioni emas. Tarkibida eng yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Ular haqli ravishda g'alaba qozonishdi, kubokdagi g'oliblik bilan tabriklaymiz. Bu - futbol, unda kimdir yutishi, kimdir yutqazishi kerak. Joriy yilda yomon natijaga erishmadik. Yil davomida bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Futbolni ishqibozlar uchun o'ynaymiz. Yigitlarga ham rahmat aytaman, to'g'risi charchashdi. Dam olishi lozim. Boz ustiga mavsum ham cho'zilib ketdi. Fursatdan foydalanib O'zbekiston xalqini yaqinlashayotgan yangi yil bilan tabriklayman

Gol urilgan vaziyatlarni eslaydigan bo'lsak, CHeran gol urganda biz hujumga o'tgan edik, darvoza oldida to'pni yo'qotdik va "Paxtakor" tezkor qarshi hujumga o'tdi. O'sha vaziyatda ko'proq to'p bilan muomalada bo'lishimiz kerak edi. Adashmasam to'pni Elguja yo'qotdi. Vaziyatdan to'g'ri foydalanish talab etilardi. Kimdir o'sha vaziyatda to'g'ri kimdir noto'g'ri foydalanadi. Bu - futbol, shaxmat emas. Vaqt qisqa bo'ladi. SHogirdlarimdan birinchi marotaba finalda ishtirok etayotganlar ham bor. Tarix yaratishni istagandik, lekin yanada ko'proq ishlashimiz kerakligi ko'rindi",- deydi Mirjalol Qosimov.

- Murodjon Toshmatovning ikkinchi bo'limda almashtirilishi majburan ro'y berdimi?

- O'zbeklarda "Yiqilishimni bilganimda tagimga ko'rpacha yozib olardim",- degan gap bor. Himoyada Murod Toshmatov o'ynab kelayotgandi, qolaversa jarohati ham bor edi. Kecha gaplashganimda ham chiqib o'ynab bera olaman dedi. Birinchi bo'limda ko'rinib qoldiki, jarohati 90 daqiqa o'ynashga yo'l qo'ymadi. SHu sababli ikkinchi bo'limda uni almashtirdik. 

- Birinchi goldan so'ng Mate Vatsadzening kayfiyati tushib ketgandek ko'rindi...

- Futbol hissiyotlari bilan qiziq. Uni bir kishi o'ynamaydi, jamoaviy o'yin hisoblanadi. Gol kimnidir ruhiy tomondan kuchli qiladi, yana kimgadir salbiy tasir qiladi. Yigitlar harakat qilishdi, lekin o'yin biz istagandek chiqmadi. Mate birinchi bo'limda birga-bir vaziyatda to'p bilan to'g'ri harakat qilganida gol urishi mumkin edi. U ham charchagan, yil davomida ko'p to'xtalishlar bo'ldi. Futbolchilarim kubokni yutishni istayotgandi. Hech kimga etirozim yo'q. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Qiyin mavsum o'tkazishdi. Yozda chempionatni o'tkaza olamizmi yo'qmi degan savol qiynagandi. SHunday bo'lsada kuch topa olishdi. Finalga o'zimizdan o'zimiz chiqib qolmadik. O'zimizning mehnatimiz orqali chiqdik. AGMK jamoasi uchun kichik tarix yarata oldik, bronza medallariga ega chiqdik. Bu kichik narsa emas. Biz oldinga intilishda davom etamiz. Katta marralarni zabt etishimiz uchun bunday holatlar bo'lib turishi kerak. 

- 2021 yil katta maqsadlarga erishish uchun yana nima qilish kerak deb o'ylaysiz? Rejalaringiz qanday? 

- Rejamiz avvalambor hordiq chiqarish. Maqsadimiz AGMKni kuchaytirish. Oldimizda OCHLda guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyati bor. To'g'ri tayyorgarlik ko'rib, futbolchilarni yig'amiz. Olmaliqda futbolni yaxshi ko'rishadi, bu yil kichik tarixa yarata oldik, bronza medal olish barobarida kubok finaliga qadar etib keldik. Keyingi yilgi rejalarimiz katta. Navbatdagi mavsumda uchinchi o'rin klub rahbarlarini qoniqtirmaydi. Futbolda kurashish va yuqori o'rinlarni egallash muhim omil hisoblanadi. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика