So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Mirjalol Qosimov: "Bolalar futboliga qaratilayotgan etibor o'z samarasini beradi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bolalar futboliga qaratilayotgan etibor o'z samarasini beradi"

“Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“O'zbekiston Futbol Federaciyasi yangi rahbariyati klublar, murabbiylar, futbolchilar oldiga qatiy talablarni qo'ymoqda. Men o'ylaymanki, bu o'z samarasini beradi. Birinchi navbatda bolalar futboliga jiddiy ahamiyat qaratilayotgani ham bejiz emas. Bolalar futboli bu – poydevor. Agar poydevor mustahkam bo'lsa, imorat baquvvat bo'ladi. Mana shu yosh futbolchilar kelajakda terma jamoalarimizda to'p surishadi.
Bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan Serbiya, Ispaniya kabi mamlakatlardan murabbiylar olib kelindi. Ular o'z mahoratlari va tajribalari bilan yurtimizdagi bolalar futboli mutaxassislari va murabbiylariga katta yordam berishlari aniq.

Klublarni licenziyalash bo'yicha stadionlarga qo'yilayotgan talablar ham juda o'rinli. CHunki ayrim stadionlardagi maydonlar zamonaviy talablarga javob bermaydi. Masalan, ko'p stadionlarda yoritish uskunalari ishlamasligi tufayli o'yinlar ancha vaqtli, muxlislar uchun noqulay vaqtlarda o'tkazilgan. Mana endi klublar oldiga stadionlardagi yoritish uskunalarini belgilangan talab asosida bo'lishini taminlash vazifasi qo'yilmoqda. Albatta, bu uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionlarga tashrif buyuradigan muxlislar uchun ancha qulayliklar tug'diradi.

Milliy chempionatimiz 12talik formatga o'tgani haqida ham ijobiy fikrlarni bildirish mumkin. Bu talablar o'z samarasini beradi. CHempionatda qancha ko'p raqobatbardosh jamoalar bo'lsa, o'sish bo'ladi.  Kurash, shijoat kuchayadi. Angliyada o'z vaqtida kurashni kuchaytirish uchun maydon o'lchamini kichraytirishgan. Eksperiment sifatida. Kurashlarga boy o'yin bo'lsa muxlislar bu o'yinlarga keladi. Bu bilan maydon o'lchamini kichraytirish kerak demoqchi emasman. SHunchaki bundan avval etibor berilmgan barcha jihatlarga federaciya tomonidan etibor qaratilayotgani quvonarli.

12ta formatlik musobaqada oddiy o'yinlar yo'q bo'ladi. Jamoalar kamaytirilganidan keyin kurash kuchayadi. Sport principi kurash, g'alabaga intilish, chiroyli o'yin ko'rsatish, muxlislarni xursand qilish.  Har bitta o'yinga boshqacha tayyorgarlik ko'riladi.

SHuningdek, Federaciya tomoindan futbolchilarning jismoniy holati nazorat qilib borilishi ham bejiz emas. Futbolda piyoda yurib g'alaba qozonib bo'lmaydi.  Zamonaviy futbol o'zgargan. Jismoniy tayyorgarlik birinchi o'rinda. Fikrlash, texnika bularning hammasi keyingi o'rinlarda turadi. Futbolchilar jismoniy jihatdan baquvvat bo'lsa, natija ham bo'ladi , - deydi Mirjalol Qosimov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика