So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  4 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Mirjalol Qosimov: "Biz shashka emas, futbol o'ynaymiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Biz shashka emas, futbol o'ynaymiz"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan AGMK va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mezbonlar murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




Avvalbor mavsum boshlangani bilan barchani tabriklayman. Mavsumni boshlash doim hayajonli bo'ladi. Bugungi uchrashuvda yaxshi tayyorgalik ko'rdik. Tezkor gol urganimizdan so'ng futbolchilar ustunlikni mehmonlarga berib qo'ydi. Birinchi bo'limda to'p bilan harakat qilishimizda muammolar paydo bo'ldi. "Lokomotiv"ning bir nechta tajribali futbolchilari bor va ular hisobni tenglashtirishga erishdilar. Ikkinchi bo'limga chiqishdan avval bugun muxlislar uchun o'ynashimiz kerakligi va ikki oy davomida bekorga tayyorgarlik ko'rmaganimizni isbotlashimiz kerakligini aytdim. Ikkinchi bo'limda AGMK futbolchilari raqiblariga qaraganda ancha yaxshi harakat qilishdi deb o'ylayman. 

Bugungi bahsda AGMKning ikkita asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi. AGMKning keyingi raqiblari ham ancha kuchli. SHu boisdan ularning ahvoli haqida malumotga egamisiz?

Avval ham aytganman, biz shashka emas futbol o'ynaymiz. Statistikadan ko'rsa ham bo'ladi futbolda juda ko'p jarohatlar bo'ladi. Birinchi bo'limda ancha xavotirli vaziyat sodir bo'ldi. Sababi o'tgan yili beshta o'zgarish mumkin edi, bu yil esa yana uchtaga qaydi. Mavsum endi boshlandi va futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi havotirga solayotgan edi. Mavsum davomida o'yinimiz kuchayib boradi. Jarohatga keladigan bo'lsak, Sardor oyog'idan kichik jarohat oldi. Botirali esa Qodirqulov bilan to'qnashib ketdi va malum vaqt xushini yo'qotdi. Ularni ertaga shifokorlar to'liq tekshirishadi va barchasi shundan so'ng hal bo'ladi.

Zafar Polvonovning o'yin so'nggida maydonga tushishi haqida nima deya olasiz?

Birinchi bo'limning o'zida ikkita majburiy o'zgarish amalga oshirdim. SHunga qaramasdan, futbolchilarim ikkinchi bo'limda ancha yaxshi harakat qilishdi. Uchrshuv so'nggida esa Aleksandr Kasyan oyog'ida biroz og'riq sezildi va shu sababli ham uni alishtirishga qaror qildik.

Bu mavsumda ko'p jamoalar chempionlikka davogarlik qilamiz deb aytishdi. AGMKning bu yilgi maqsadi qanday?

Hech kim maydonga mag'lub bo'laman deb tushmaydi. Bizning jamoaning ham maqsadimiz katta va shunga qarab harakat qilamiz. Bu mavsumda ko'plab yaxshi jamoalar bor. "Paxtakor"ni kuchsizlandi deb aytmagan bo'lardim. Ular hali ham kuchli. Biroq barcha jamoa g'alaba uchun harakat qiladi.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика