Mirjalol Qosimov: "Bayram bizga qo'shimcha motivaciya berdi"
14 may 2021 21:39
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Bayram bizga qo'shimcha motivaciya berdi"
O'zbekiston Superligasi 8-turi doirasidagi AGMK 3:1 "Bunyodkor" uchrashuvidan keyin olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Avvalo, qo'shaloq bayram bilan kombinatimiz xodimlarini tabriklayman. Bu g'alabamiz ularga bag'ishlanadi. Bugungi bayram bizga qo'shimcha motivaciya berdi.
O'yinga kelsak, albatta, qiziqarli bo'ldi. 1-bo'lim teng kurashlar ostida o'ytayotgandi, ammo qizil kartochka tufayli 1 kishi kam bo'lib qoldik. SHu tufayli dastlabki taymni yutqazdik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular 2-taymda kuch topa olishdi. Nafaqat, hisobni tenglashtirdik, yana 2 ta gol urib muxlislarimizga quvonch bag'ishladik. Bizni qo'llab-quvvatlagan ishqibozlarga ham tashakkur aytaman", deydi Qosimov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar